SARA URUG‘ – MO‘L HOSIL !
2026-07-24 15:10:00 / Yangiliklar

“O‘zagroinspeksiya”ning Namangan viloyat boshqarmasi hodimlari tomonidan “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasiga qarashli "Uchqo‘rg‘on beest seeds" MChJning urug‘lik don qabul qilishi shahobchasida 2027-yil hosili uchun sifatli urug‘lik don tayyorlanishini ta’minlash maqsadida urug‘liklarni qayta ishlash, ya’ni tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash hamda xar-bir qadog‘ini QR-kodli yorliqlab don tarqatish shahobchalariga tarqatish ishlarini begilangan tartibda bajarilishi ustidan nazorat tadbirlari olib borildi.
Joriy yilda viloyatda jami 18 ming 492 tonna, shundan "Uchqo‘rg‘on beest seeds" MChJ korxonasi tomonidan 16 ming 464 tonna sara urug‘lik don qabul qilingan. Bu o‘z navbatida Namangan viloyatida 2027-yil hosili uchun 64 ming 410 gektar maydonga kuzgi boshoqli don ekilishi rejalashitirilgan bo‘lsa, qarib 80 foiz urug‘likni "Uchqo‘rg‘on beest seeds" MChJ tomonidan yetkazib beriladi.
Korxonada urug‘liklarni saqlash bilan birga qayta ishlash kabi ishlar ham boshlanib, ushbu ishlarni belgilanagan muddatlarda standart talabalariga muvofiq amalga oshirish uchun urug‘lik sexlarining mavsumga tayyorgarligi holati o‘rganilganda, zarur zaxiralarning yaratilganligi va urug‘liklarni o‘z vaqtida tindirib, vernalizatsiya qilish uchun sovutkichli omborlarda saqlash choralari ham ko‘rilganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu jarayonda “O‘zagroinspeksiya” Namangan viloyati boshqarmasi hodimlari hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DM Namangan viloyat filiali mutaxassislari tomonidan standart talablar asosida sifatli urug‘lik tayyorlash maqsadida tizimli va qat’iy nazorat o‘rnatildi, urug‘lik don tayyorlayotgan sexlarga inspeksiyaning hududiy bo‘limlari hodimlari birikitirildi va ular tomonidan davlat standarti talabi asosida urug‘lik don tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va navlar aralashmasligi bo‘yicha doimiy nazorat ishlari olib boriladi.
«O‘zagroinspeksiya» Namangan viloyati boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirilishini nazorat sho‘basi boshlig‘i
N. Isomitdinov





