URUG‘LIK DON TAYYORLASH JARAYONI BELGILANGAN TALABLAR ASOSIDA NAZORAT QILINMOQDA
2026-07-24 12:00:00 / Yangiliklar

Bugungi kunga qadar viloyatda mavjud urug‘lik don tozalash, saralash va qadoqlash sexlaridan «Navoiydonmahsulotlari» AJ da 491 tonna yoki rejaga nisbatan 15 foiz, “Navoiy best seeds” MCHJ tomonidan 710 tonna yoki rejaga nisbatan 16 foiz urug‘lik don tayyorlash ishlari bajarildi.
2027 yil hosili uchun jamg‘arilgan urug‘lik bug‘doy to‘dalarini nav va avlodlar bo‘yicha tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash ishlarini joriy yilning 15 avgustiga qadar yakunlashlari yuzasidan profilaktik tadbir sifatida yuqoridagi korxonalarga ogohnomalar kiritildi.
Bugungi kunda viloyatda mavjud «Navoiydonmahsulotlari» AJ va “Navoiy best seeds” MCHJlar tomonidan tayyorlangan urug‘lik don to‘dalaridan O‘zagroinspeksiya qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DMning Navoiy viloyati filiali mutaxassislari tomonidan har ikki soatda namunalar olinib, davlat standart talablariga mosligi yuzasidan tahlillar o‘tkazilishi va davlat muassasaning markaziy laboratoriyasiga yuborilishi Inspeksiya viloyat boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.
«O‘zagroinspeksiya» Navoiy viloyat boshqarmasi


