SIFATLI URUG‘LIK JAMG‘ARILISHI NAZORATDA
2026-07-16 16:30:00 / Yangiliklar

Xususan, Paxtakor tumanidagi “Keng sohil” MCHJning urug‘lik don tayyorlash sexida 2027 yil hosili uchun 9,7 ming tonna sara boshoqli don urug‘lari alohida nav va avlodlar bo‘yicha jamg‘arilgan.
Ushbu urug‘liklarning 2,4 ming tonnasini “Vassa”, 2,3 ming tonnasini «Vexa», 1,1 ming tonnasini «Alekseich», 2,3 ming tonnasini «Gurt», 1,6 ming tonnasini «Grom», “Asr” va «Antonino» navlari tashkil qiladi.
Korxona urug‘lik sexida urug‘lik donni sifatli qilib qayta ishlash, yaʼni tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash ishlarining amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda, 2027 yil hosili uchun urug‘lik donni qayta ishlash, dorilash va qadoqlash jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Urug‘lik donni hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat kilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq tayyorlanishi hamda sifatini nazorat qilish uchun urug‘lik don to‘dalaridan xar ikki soatda namunalar olib yashovchanligining tahlil qilib borilishi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM ning Jizzax viloyati filiali xodimlari tomonidan doimiy amalga oshirib kelinmoqda.
Bundan tashqari, tayyorlangan urug‘lik donning har bir nav va avlodlar bo‘yicha to‘dalari raqamli QR-kodli yorliqlanishi va ekinboplik xulosalari olinishi hamda vernalizatsiya qilish uchun sovitkichli omborlarga qo‘yish va davlat standarti talablariga muvofiq sifatli saqlanishi «O‘zagroinspeksiya»ning Jizzax viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
O‘.Qarshiboyev- O‘zagroinspeksiyaningJizzax viloyat boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i.




