KELGUSI YIL HOSILI UCHUN URUG‘LIK BUG‘DOY TAYYORLASH ISHLARI NAZORATDA
2026-07-14 16:20:00 / Yangiliklar

Ushbu urug‘liklarning 1547 tonnasi Asr, 2461 tonnasi Yelanchik, 512 tonnasi Vexa, va 252 tonnasini Andijon, Alekseich, Glyuten navlariga mansub.
Urug‘liklarni tayyorlash ishlari belgilangan tartibda amaldagi normativ huquqiy hujjatlar va davlat standarti talablariga muvofiq bajarilishi, shu bilan birga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan dorilagich preparatlarini to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazining Xorazm viloyati filiali xodimlari tomonidan dorilangan urug‘liklardan xar ikki soatda namunalar olib yashovchanligini tahlil qilib borilishi nazoratga olingan.
Bundan tashqari, tayyorlangan urug‘lik to‘dalarni vernalizatsiya qilish uchun sovitkichli omborlarga qo‘yish va sifatli saqlanishi O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
D.Qutlimuratov- O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi.



