TAKRORIY EKIN SIFATIDA URUG‘LIK KARTOSHKA EKISH ISHLARI AVJIDA
2026-07-13 12:30:00 / Yangiliklar

Yurtimizda keyingi yillarda kartoshka urug‘i yetishtirish va urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati ushbu sohani rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotgan hududlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Hududda kartoshka ekish uchun mo‘ljallangan ekin maydonining kamida 15-20 foizida super elita, elita va r-1 avlodli urug‘liklar yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, mahalliy sharoitda urug‘lik yetishtirish hisobiga chet eldan xorijiy urug‘liklarni xarid qilish keskin kamayishiga erishish hisobiga, soha jadal rivojlantirilmoqda.
Viloyating kartoshkachilikka ixtisoslashgan tog‘oldi hududi hisoblangan Yangiqo‘rg‘on tumanida asosiy ekin sifatida ekilgan 3 ming 305 gektar maydonga kartoshka ekilib, hosil yig‘ishtirib olingan bo‘lsa, 650 gektar g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida urug‘lik kartoshka ekish ishlari avjida.
Bundan tashqari, tumanda 4 nafar subyektlar tomonidan virusdan holi bo‘lgan kasallik va zararkunandalarga chidamli “Toshkent ertasi” navli 250 ming dona mini tuganakli urug‘lik kartoshka olib kelingan.
Bugungi kunda, “Bog‘bon” “Moxinur Samodilbonu” “Ozod nur fayz baraka” “Ranoxon Oxuda Munira” fermer xo‘jaliklarida 0,7 gektardan jami 3,0 gektar maydonlarga virusdan xoli kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘lgan “Toshkent ertasi” navli mini tugunak urug‘lik kartoshka ekilib, ayni damda ushbu urug‘liklar unib chiqish fazasida rivojlanmoqda.
N. Isomitdinov
«O‘zagroinspeksiya»ning Namangan viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larni yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i




