#Ekofaol_xodim
2026-07-07 10:30:00 / Yangiliklar

🌱 “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasida rahbar yordamchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Nurullayeva Dilorom Shuxratovna ana shunday tabiatsevar, mas’uliyatli va tashabbuskor xodimlardan biridir.
🌸 Diloromning qalbiga eng yaqin mashg‘ulotlardan biri — gullarni parvarish qilishdir. U har bir gul va niholga mehr bilan g‘amxo‘rlik qiladi. Uning nazarida tabiatga ko‘rsatilgan e’tibor va mehr inson qalbining go‘zalligini namoyon etadi. Sabr, e’tibor va mas’uliyat bilan parvarishlangan har bir gul atrof-muhitni yanada obod va fayzli qiladi.
💚 Diloromning tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati va ekologik mas’uliyati jamoadoshlariga ham ibrat bo‘lib, barchani yashil va musaffo muhitni asrab-avaylashga chorlaydi. Chunki tabiatni sevish — bu kelajakni sevish demakdir. 🌱


