BUXORO: AGROTEXNIK TADBIRLARNI KECHIKTIRGAN FERMER XO‘JALIGI RAHBARLARI OGOHLANTIRILMOQDA
2026-06-23 15:20:00 / Yangiliklar

G‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlar, qator orasiga ishlov berish, oziqlantirish hamda sug‘orish kabi ishlari bajarilmoqda.
Viloyatda parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonlarining bugungi kunda 10 ming 806 gektari yoki (12,9%) shonalash, 64 ming 744 gektari yoki (76,2%) gullash, 9 ming 450 gektar (11,1%) g‘o‘za maydonlarida ko‘saklash fazasi rivojlanmoqda.
Bugungi kunda g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarda 1 ming 104 ta chopiq traktorlari (kultivator) va g‘o‘za maydonlarini bargidan oziqlantirish ishlarida 406 ta purkagichlar ishtirok etmoqda.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha «O‘zagroinspeksiya»ning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi xodimlari tomonidan agrotexnik tadbirlarni kechiktirgan fermer xo‘jaligi rahbarlariga 3048 ta ogohlantirish xatlari berilib, 4 ta ma’muriy choralar qo‘llanildi hamda tegishli mutasaddi rahbar xodimlarga 16 ta yozma ko‘rsatma hamda 13 ta taqdimnomalar kiritildi.
«O‘zagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan mavsum davomida hududlarda parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi nazorat qilib boriladi.
