AGROTEXNIK TADBIRLARNING SIFATLI BAJARILISHI O’ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA
2026-06-17 16:25:00 / Yangiliklar

Qamashi tumanida 2026-yil paxta hosili uchun 7690 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.Ayni paytda g‘o‘zani ikkinchi mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari bajarilmoqda. Tumaning "Chim, To‘qboy, Qora tepa" va G‘ishtli hududlaridagi g‘o‘za maydonda oziqlantirish ishlari jadal bajarilmoqda. Oziqlantirish bilan bir vaqtda g‘o‘zani chopiq qilish, begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar bilan ishlov berish hamda sug‘orish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
«O‘zagroinspeksiya»ning tuman bo‘limi tomonidan g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli taʼsir choralar qo‘llanib kelinmoqda.Jumladan, nazorat tadbirlari davomida 207 ta fermer xo‘jaliklarining 2 ming gektardan ortiq g‘o‘za maydonlarida monitoringlar o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z muddatlarida bartaraf etish va kelgusida takrorlanishining oldini olish maqsadida masʼul tashkilotlarga 2 ta taqdimnoma hamda 3 ta yozma ko‘rsatmalar kiritilib, fermer xo‘jalik rahbarlarga ogohnomalar berilgan.
Murodulla Alixonov.
«O‘zagroinspekiya»ning Qamashi tuman Bòlimi bosh mutaxassisi



