DON QABUL QILISH SHOXOBCHALARIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-06-17 15:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 16-iyun kuni O'zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Shodiyev boshchiligida “Oqoltindonmahsulotlari” AJ, “Sirdaryo Best Seeds” MChJ hamda “Sayxun Karvon” MChJ don qabul qilish maskanlarida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda qaror bilan belgilangan yangi tartiblar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonlarida uning miqdori hamda sifatini nazorat qilish, shuningdek, tabiiy kamayish me’yorlariga rioya etilishi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, don qabul qilish shoxobchalarida O'zagroinspeksiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari tushuntirildi.



