AGROTEXNIK TADBIRLARNI MUDDATIDA VA SIFATLI O‘TKAZILISHI NAZORATDA
2026-06-04 12:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilda 600 ming gektardan ziyod maydonlarga xorijiy navlarga xos bo‘lgan urug‘lik chigit ekilib, bugungi kunda ushbu maydonlarda intensiv usulda agrotexnik tadbirlar olib borilyapti.
Bu borada, hududlardagi g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli o‘tkazilishi ustidan «O‘zagroinspeksiya» tomonidan tegishli nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida bugungi kunda g‘o‘za maydonlarining 267 ming gektari (30%) 5-6 chinbarg, 614 ming gektari (69%) shonalash va 8,4 ming gektari (1%) gullash fazasida rivojlanayotganligi aniqlandi.
«O‘zagroinspeksiya» tomonidan g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni yaʼni g‘o‘za qator oralariga ishlov berish (kultivatsiya), chuqur yumshatish, azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, begona o‘tlardan tozalash hamda g‘o‘zani zararkunanda va hasharotlardan himoya qilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan joylarda 1 856 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha, mahalliy hokimliklar hamda soha masʼullariga 109 ta taqdimnomalar kiritilib, fermer xo‘jaliklariga 2 345 ta ogohlantirish va 1 608 ta yozma ko‘rsatmalar berildi hamda 12 ta maʼmuriy choralar ko‘rildi.
Respublika hududlarida g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z muddatida va sifatli o‘tkazilishi ustidan O‘zagroinspekiya tomonidan mavsum davomida nazorat tadbirlari olib boradi.
Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi


