SHARTNOMA REJASI MUDDATIDAN OLDIN BAJARILDI
2026-06-04 10:45:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, tumanda birinchilardan bo‘lib yuksak natijaga erishgan fermer xo‘jaliklari orasida Said Safarov rahbarligidagi “Ishonch” fermer xo‘jaligi alohida eʼtirofga loyiqdir.
Mazkur fermer xo‘jaligi joriy mavsumda 31 gektar g‘alla maydonidan jami 91,3 tonna don topshirish majburiyatini olgan bo‘lsa, amalda 93,2 tonna sifatli don yetkazib berib, shartnomada belgilangan rejani 102 foizga bajarishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu muvaffaqiyat, avvalo, dehqonning mashaqqatli mehnati, yerga bo‘lgan sadoqati hamda samarali tashkil etilgan agrotexnik tadbirlarning amaliy natijasidir. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi tizimidagi masʼul tashkilotlar hamda Agroinspeksiya vakillarining yaqindan ko‘rsatgan ko‘magi ham muhim omillardan biri bo‘ldi.
Nurobodlik fermerlarning fidokorona mehnati, yurt ravnaqi va xalqmiz dasturxoni to‘kinligini taʼminlash yo‘lidagi xizmatlari yuksak eʼtirofga sazovor. Zero, mehnat qilgan inson aziz, hosil yaratgan dehqon esa xalqning bebaho boyligidir.


