XORAZM: KORRUPSIYADAN HOLI BOSHQARMA
2026-06-03 15:15:00 / Yangiliklar

Xususan, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha boshqarmada o‘quv-seminarlari, ochiq muloqot hamda tushuntirishlar o‘tkazildi. Shuningdek, boshqarma hamda tuman bo‘limlari ma’muriy binolarining kirish qismiga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid huquqiy axborotlar o‘rnatildi.
Shu bilan birga, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan Korrupsiyaning oldini olish borasida Xorazm viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yo‘l xaritasiga asosan, doimiy ravishda viloyat prokuraturasi va mas’ul tashkilotlardan iborat ishchi guruhi bilan tumanlarda tashkil qilingan tadbirlarda ishtirok etib, korrupsiyaga murosasiz muhitni shakillantirishda birinchi navbatda halollik talab etilishi, har bir rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni barqarorlik bilan taraqqiy etishiga "Korrupsiya" illati qarshilik ko‘rsatib kelayotganligini va shu boisdan ham korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat respublikamiz balki, butun dunyo mamlakatlarining dolzarb muammosi bo‘lib kelayotganligi xususida tushuntirishlar berib borildi.
Mazkur masalaning o‘ta dolzarbligi va korrupsiyaga nisbatan uzluksiz choralar ko‘rib borish lozimligi nuqtai nazaridan Inspeksiyaning Urganch tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari bilan hududlarga chiqqan holda korrupsiyaga murosasiz muhitni shakllantirish borasida amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan biri tumanning Oqoltin hududidagi fermer xo‘jaliklari bilan bevosita dala maydonlarida o‘tkazilib, Inspeksiyaga berilgan vakolatlar doirasida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari, ayniqsa tekshirishlar davomida korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar xususida tushuntirishlar berib o‘tildi.
So‘ngi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkaziladigan nazorat va tekshirish jarayonlariga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi hamda inson omilining kamaytirilishi hisobiga adolatli va xolisona yondashuv asosida qarorlar qabul qilinayotganini ta’kidlash lozim.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda aynan shunday yondashuv hisobiga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan 2 ming 684 ta nazorat tadbirlari yoki 46 ta tekshirishlar davomida korrupsiyaviy holatlar aniqlanmadi.
Bu kabi yondashuvni yanada jadallashtirish, xodimlarning huquqiy ongini izchil oshirib borish va viloyatda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, qonun ustuvorligini mustahkamlash orqali sohada ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi yuridik ta’minlash bo‘yicha bosh mutaxassisi – UHayitboev



