VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI AGROSANOAT MAJMUI USTIDAN NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI TIZIMIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, SHAFFOFLIK VA OCHIQLIKNI TA’MINLASH YO‘NALISHIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
2026-05-26 15:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

O‘zagroinspeksiya” tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi 12 ta ichki lokal hujjat qabul qilinib, ularning ijrosi ta’minlab kelinmoqda.
Xususan,O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish bo‘yicha Namunaviy idoraviy dastur qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda.
Jumladan, — 900 nafardan ortiq xodim tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiyalar to‘ldirildi. “O‘zagroinspeksiya” va uning hududiy boshqarmalari davlat xizmatchilari tomonidan 2025-yilda to‘ldirilgan “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi deklarasiyalar tahlil etilganda, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari qayd etilmadi.
Korrupsiyaga oid murojaatlarni onlayn qabul qilish amaliyoti joriy etildi. Ayni paytda Inspeksiyaning korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha xabar berish uchun mo‘ljallangan 4 ta aloqa kanali 24/7 rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish maqsadida 1 400 dan ortiq bukletlar va infografik materiallar tayyorlanib, xodimlar o‘rtasida tarqatildi va doimiy ravishda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, rasmiy sayt va axborot kanallarida yoritib borilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida xodimlar orasida 8 ta maxsus o‘quv-treninglar, 63 ta profilaktika tadbirlari aholi orasida esa 15 ta targ‘ibot tadbirlari mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tavsiyalari va ISO 37001:2025 — “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” xalqaro standarti talablariga muvofiq, xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va bandlar kiritildi.
Ishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida nomzodlarni har tomonlama o‘rganish va ularning korrupsion xavfini baholash tizimi joriy qilingan. Hisobot davrida jami 150 nafar nomzod o‘rganib chiqildi.
Shuningdek, Raqamlashtirish doirasida axborot tizimlari 16 ta Vazirlik bilan integratsiya qilinib, aholiga 11 turdagi davlat xizmati elektron shaklda ko‘rsatilmoqda.
O‘zagroinspeksiya qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining 4 ta sertifikatlashtirish organi va 41 ta sinov laboratoriyasi tomonidan qishloq xo‘jaligida shaffoflikni ta’minlab, inson omilini sezilarli darajada kamaytirishga erishildi.
Ayni paytda “Korrupsiyaga qarshi daxlsizlikni mustahkamlash”, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit yaratish” mavzusida o‘quv-seminarlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Abrol VAXABOV,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i
