TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI UCHUN QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISH “BOZORI” OCHIQ
2026-06-02 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-sonli qarori bilan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilgan.
Mazkur qarorda:
jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari belgilangan.
Bugungi kunda "O‘zagroinspeksiya"ning “Texnikalar texnik ko‘rigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilib, ushbu tizimga texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan texnikalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritib borilmoqda, shuningdek, texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga tizimga kirish imkoniyati yaratilgan.
Biroq, shuni taʼkidlash kerakki, o‘tgan vaqt davomida texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Inspeksiyaga murojaat kelib tushmagan.
Tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulaylik yaratish maqsadida 2026-yil yanvar oyidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan, Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmati portali orqali (my.gov.uz) orqali jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish https://my.gov.uz/uz/service/1418 imkoniyati yaratildi.
Mazkur qaror bilan jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.
Ushbu reglamentda:
tadbirkorlik subyekti tomonidan Davlat xizmatlari markazlari hamda YAIDXP orqali yuboriladigan so‘rovnoma shakli va uni yuborish tartibi;
so‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar;
texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish-texnik bazasiga qo‘yilgan talablar;
jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish bo‘yicha murojaatlar 1 ish kunida ko‘rib chiqish belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmati portali (my.gov.uz) orqali masofaviy murojaat qilish imkoniyati mavjud.
