BESHARIQDA APROBATSIYA BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-05-25 14:05:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida “O‘zagroinspeksiya” hamda Qishloq xo'jaligi vazirligi tashabbusi bilan g‘alla urug‘liklarini aprobatsiyadan sifatli o‘tkazishga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda aprobatorlar, urug‘chilik fermer xo‘jaliklari va sohaga aloqador mutaxassislar ishtirok etdi.

Seminar davomida urug‘lik maydonlarida nav tozaligini saqlash, kasallik va begona o‘tlar tarqalishining oldini olish hamda aprobatsiya ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi boshqarma boshlig‘i U. Hasanov aprobatsiya ishlarida shaffoflik va mas’uliyat muhimligini ta’kidladi.
Seminar doirasida “E-urug‘” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, viloyatdagi barcha tuman komissiyalari planshetlar bilan ta'minlandi.
Hozirda Beshariq tumanida 208 ta urug‘chilik fermer xo‘jaligi tomonidan parvarishlanayotgan 7 ming 518 gektar maydondagi 1142 ta konturda aprobatsiya ishlari olib borilmoqda.




