PAXTA CHIGITINI NOQONUNIY QAYTA ISHLASH VA SOXTA HUJJATLARDAN FOYDALANISH HOLATI FOSH ETILDI
2026-05-23 10:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Z.K.S.” MChJ rahbari I.Z. sanitariya-epidemiologik xulosasini soxtalashtirish orqali soxta hujjatlardan foydalangan holda tovar-xomashyo birjasi savdolarida ishtirok etib, 2025 yil davomida jami
400 tonnadan texnik chigit xarid qilganligi, xarid qilingan texnik chigit sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga zid ravishda, Inspeksiya tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan to‘liq texnologik sikl(mag‘izni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash)ga ega bo‘lmagan sharoitlarda, juvoz uskunalari yordamida qonunga xilof ravishda chigitni qayta ishlab, sifatsiz yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarganligi aniqlandi.
Uy sharoitlarida va ekstraksiya bo‘limlariga ega bo‘lmagan kichik sexlarda paxta chigitini qayta ishlash va paxta yog‘i ishlab chiqarish qonunbuzilish hisoblanadi.
Ushbu holat yuzasidan Inspeksiya tomonidan Respublika tovar-xomashyo birjasiga “Z.K.S.” MChJ birja savdolari orqali texnik chigit xarid qilishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida taqdimnoma va to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish maqsadida Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limiga to‘plangan hujjatlar kiritildi.
Paxta xom-ashyosi, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi

