BUXORO VILOYATIDA 5 MING GEKTARDAN ORTIQ MAYDONLARIDA URUG‘LIK G‘ALLA PARVARISH QILINMOQDA.
2026-05-22 16:40:00 / Yangiliklar

Seminarda urug‘lik don yetishtirish borasida mamlakatimizda, xususan viloyatimizda olib borilayotgan ishlar, yutuq va muammolar, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar xususida atroflicha so‘z yuritildi.
O‘quv-amaliy seminar ishtirokchilari dastlab Vobkent tumani “Qipchoq” hududidagi “Eshmurodov Bekmurod” fermer xo‘jaligi dalasida 2026-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlar ko‘zdan kechirildi.
Viloyat tumanlarida 151 ta urug‘chilik fermer xo‘jaliklari tomonidan 5014 gektar maydonlarida urug‘lik g‘alla parvarish qilinmoqda.
Yetishtirilayotgan urug‘lik g‘allalar «Buxorodonmahsulotlari» AJga qarashli Vobkent tumanidagi «I.Naimov», “Yakkatut chorvachilik baliqchilik urug‘chilik va sholichilik klasteri” MCHJga qarashli “Guliston” urug‘lik don qabul qilish maskanida va “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM viloyat boshqarmasiga qarashli Romitan tumanidagi “Buxara best seeds” MCHJ hamda elita urug‘chilik xo‘jaliklarida urug‘lik don qabul qilish rejalashtirilgan.
- 2026-yil hosili uchun urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobasiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminarda so‘z olganlar Urug‘lik don yetishtirish qishloq xo‘jaligi rivoji, umuman, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi, ushbu ilmiy-amaliy seminarda urug‘chilikda samaradorligini oshirishga, yana-da yuqori bosqichga ko‘tarishga, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirishga amaliy yordam beradi.
Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobasiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminarda Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasining masʼul rahbar va mutaxassislari bilan bir qatorda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassislari, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi Buxoro viloyati filiali mutaxassislari ham ishtirok etib, tadbir qatnashchilarining “Boshoqli don ekinlari urug‘lik maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish tartibi”, “Respublikada ekilayotgan boshoqli don ekinlari navlari va ularni hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish”, “Yangi yaratilayotgan va istiqbolli g‘alla navlarini Davlat nav sinash uchastkalariga topshirish va sinovdan o‘tkazish” kabi mavzularga oid maʼruzalari tinglandi.
Z.Aslonov, «O‘zagroinspeksiya»ning Buxoro viloyati boshqarmasi
sho‘ba boshlig‘i




