XORAZM: G‘ALLA APROBATSIYASIDA YANGICHA YONDASHUV
2026-05-22 13:45:00 / Yangiliklar

Shuningdek, ushbu Farmonga 3-ilova bilan Markazning amalga oshiradigan faoliyat turlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini baholash tizimiga ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy sinov usullarini joriy qilish hamda doimiy ravishda takomillashtirib borish Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 21 may sanasida Urganch tumanida joylashgan Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida g‘alla aprobatsiyasini o‘tkazishda zamonaviy yondashuv bo‘lgan planshet orqali ma’lumotlarni Markazning “agrosert.uz” elektron platformasiga joylashtirib borish yuzasidan ko‘rgazmali amaliy seminar tashkil etildi. Unda tuman aprobatsiya komissiyalari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari, Inspeksiyaning sohaviy xodimlari hamda fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash markazi xodimi U.Abdusamatov tomonidan yangi tizim orqali ariza yuborish, arizalarni ko‘rib chiqish, aprobatsiya jarayonida aniqlangan ma’lumotlarni aprobatorlar tomonidan planshet yordamida tizimga kiritib borish jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar atroflicha tushuntirib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlari berib o‘tildi.
Tadbir yakunida viloyatning 10 tumanida 2 ming 119 gektar maydonda urug‘lik yetishtiruvchi sub’ektlarni aprobatsiyadan o‘tkazishda foydalanish uchun Markazning 8 nafar xodimiga planshetlar topshirildi.
G‘alla aprobatsiyasini o‘tkazishda ushbu yangicha yondashuv orqali inson omilini kamaytirish, ochiq va shaffof tarzda aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda fermer xo‘jaliklarini yuqori sifatli navdor urug‘liklar bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
N. Ismailov – O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i





