2026 YIL G‘ALLA HOSILINI QABUL QILISHGA TAYYORGARLIK ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA
2026-05-21 16:20:00 / Yangiliklar

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari tomonidan berilgan takliflariga asosan 195 ta don korxonalari va va ularga qarashli don qabul qilish maskanlarni mavsumga tayyorgarligi ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar natijasida don korxonalari va maskanlaridagi mavjud 3 969,0 ming tonnali don saqlash sig‘imlari va ayvonlar, 1 807,0 ming kv.M asfalt maydonlari, 189 ta laboratoriya, 55 ta avtoag‘dargich hamda 701 ta ko‘chma uzatish transportyorlari g‘alla hosilini qabul qilish to‘liq shay holatga keltirildi.
Shuningdek, 2026 yil g‘alla hosilini qabul qilish uchun shakllangan 187 ta don korxonasi va maskanlarining barchasiga hududiy ishchi guruhlar tomonidan ijobiy xulosalar berildi.
Don qabul qilish jarayonlarining shaffofligini taʼminlash maqsadida mavjud 187 ta elektron tarozilari kuzatuv kameralari bilan jihozlanib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Agrotarozi» axborot tizimiga ulandi.Ayni vaqtda elektron tarozilarni test sinovidan o‘tkazish hamda maskanlarga login va parollar berish ishlari davom ettirilmoqda.
G‘alla o‘rimini qisqa muddatlarda va sifatli tashkil etish, shuningdek, bug‘doyni don korxonalari va qabul maskanlariga uzluksiz qabul qilish ishlari yuzasidan qatʼiy nazorat o‘rnatiladi.




