URUG‘LIK G‘ALLA MAYDONLARINI APROBATSIYA KO‘RIGIGA TAYYORLASH NAZORATDA
2026-05-21 15:50:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda «O‘zagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi mutaxassislari tomonidan viloyatning urug‘chilikka ixtisoslashgan hududlarida urug‘lik g‘alla maydonlarini aprobatsiya ko‘rigiga tayyorlash bo‘yicha tizimli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Inspeksiya mutaxassislari tomonidan urug‘lik maydonlarda g‘allaning navdorligini saqlash maqsadida quyidagi asosiy yo‘nalishlar qatʼiy nazoratga olingan:
Ekilgan asosiy bug‘doy navi orasida boshqa navlarning aralashib qolmaganligi va dalaning bir xilligi ko‘zdan kechirilmoqda
Urug‘lik maydonlar ichidagi boshqa turdagi don ekinlari, begona o‘tlar va aralashmalar butunlay tozalanishi (nav tozalash ishlari) tekshirilmoqda. Sug‘orish va oxirgi oziqlantirish ishlarining meʼyorida bajarilganligi nazorat qilinmoqda.
G‘allaning zang, qorakuya kabi xavfli kasalliklarga chalinmaganligi hamda zararli hasharotlarga qarshi kimyoviy ishlov berilganligi monitoring qilinmoqda.
Monitoring tadbirlari davomida faqat kuzatish emas, balki fermer xo‘jaliklariga amaliy tavsiyalar ham berib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan sohaga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablari buzilishining oldini olish maqsadida urug‘chilik subyektlariga 73 ta ogoxlantirish xati, 16 ta taqdimnoma, 14 ta yozma ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan har bir kamchilik aprobatsiya komissiyasi kelgunga qadar joyida bartaraf etilishi taʼminlanyapti.
Ushbu nazorat tadbirlarining olib borishdan maqsad— kelgusi yil hosili uchun urug‘lik g‘alla maydonlarida nav tozaligini to‘liq saqlab qolish, urug‘lik sifati ko‘rsatkichlarini yuqori darajada taʼminlash va pirovardida g‘allachilikda ko‘zlangan hosildorlikka erishishdir.
O. G‘afurov, «O‘zagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi bosh mutaxassisi
