Andijon: don qabul qilish maskanlari mavsumga tayyorlanmoqda
2026-05-05 14:10:00 / Yangiliklar

Ushbu maskanlar orqali 2026-yil hosilidan jami 222 ming 200 tonna don qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan, 110 900 tonnasi – davlat resursi uchun, 95 300 tonnasi vaqtincha saqlashga, 16 000 tonnasi urug‘lik don sifatida yig‘ishtirib olinishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda “O‘zagroinspeksiya” Andijon viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan mazkur maskanlarning mavsumga tayyorgarligi sohaga oid hujjat talablari asosida atroflicha o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida: elevatorlar, omborxonalar va ayvonlarning sig‘imi hamda tayyorgarligi, asfalt maydonlarining ta’mir holati, aboratoriyalarning to‘liq jihozlanganligi, xodimlarning me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi, jihozlarning qiyoslovdan o‘tkazilganligi, Elektron tarozilarning davlat ko‘rigidan o‘tganligi, Don tozalash uskunalari va texnikalarning sozligi, Yong‘inga qarshi vositalar, suv havzalari va brezentlar mavjudligi, shuningdek, madaniy-maishiy sharoitlarning yaratilganligiga alohida e’tibor qaratilmoqda
Ayni damda, “O‘zagroinspeksiya” Andijon viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan barcha don qabul qilish maskanlarini tayyorligi bo‘yicha xulosa berish ishlari olib borilmoqda.



