QONUNCHILIK HUJJATLARI, TOPShIRIQLAR HAMDA HUKUMAT QARORLARINING IJROSI YUZASIDAN “O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
2026-05-04 15:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 10-fevraldagi PF-6166-sonli, 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmonlari hamda 31 maydagi PQ-5132-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, ijro intizomiga rioya qilinishi bo‘yicha har haftaning dushanba va juma kuni muhokama qilinib, o‘tkazilayotgan apparat yig‘ilishlari kengaytirilgan yig‘ilish hamda rayyosat yig‘ilish bayonlari rasmiylashtirildi va har bir topshiriq ijrosi ta’minlanishi nazoratga olinib kelinmoqda.
“Ijro.gov.uz” tizimida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tahliliy axborotlar hamda Inspeksiyaga kelib tushgan qonunchilik hujjatlari ijrosini muddatidan oldin ta’minlash maqsadida har oyda Kalendar-grafik jadvallari ishlab chiqilmoqda va shu asosida ishlar kunlik tashkil etilib, natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilib kelinmoqda.
Tizimda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari, Prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari hamda Hukumatning qaror va farmoyishlari ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
Joriy yilning aprel oyida Inspeksiyaga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali 7 ta Prezident hujjatlari bo‘yicha kelib tushgan 14 ta topshiriqlar yuzasidan nazorat rejalari ishlab chiqildi va tegishli ijrochilarga yo‘naltirildi.
Shu bilan birga, “Ijro.gov.uz” tizimida “O‘zagroinspeksiya” ning ish yurituvida bo‘lgan aprel oyi muddatli 15 ta qonunchilik hujjatlari bo’yicha 30 ta qonunchilik topshiriqlari ijrosi yuzasidan axborotlar tegishli davlat organlariga kiritilib, barcha topshiriqlar belgilangan tartibda nazoratdan yechilishi ta’minlandi.
2026-yil 1-may holatiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Prezident hujjatlari ijrosi yuzasidan 53 ta hujjat yuzasidan 129 ta topshiriqlari bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, aprel oyida Inspeksiyaga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Vazirlar Mahkamasining 7 ta hujjati bo‘yicha kelib tushgan 34 ta topshiriqlar yuzasidan nazorat rejalari ishlab chiqildi va tegishli ijrochilarga yo’naltirildi.
Shu bilan birga, “Ijro.gov.uz” tizimida “O‘zagroinspeksiya” ning ish yurituvida bo‘lgan aprel oyi muddatli Vazirlar Mahkamasining 8 ta hujjati yuzasidan 15 ta topshirig’i yuzasidan ishlar tashkil qilinib, belgilangan tartibda nazoratdan yechilishi ta’minlandi.
2026-yil 1-may holatiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Vazirlar Mahkamasining 16 ta hujjat ijrosi yuzasidan 93 ta topshiriq bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
2026 yil 1 may holatiga Prezident Administrasiyasi ва Hukumat komissiyasining hujjatlari boíyicha muddati oítgan topshiriqlar mavjud emas.
Shuningdek, tizimdagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha keyingi oyda ham topshiriqlar ijrosini qat’iy ta’minlash maqsadida 2026 yil 25 aprelda may oyida "Ijro.gov.uz" tizimida bajarilishi lozim bo‘lgan nazoratdagi topshiriqlarni bajarishning kunlik “Kalendar-grafik” va ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yoíl xaritasi” Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
