QASHQADARYO VILOYATIDA MAVSUMDA 294 TA G‘ALLA O‘RISH KOMBAYN ISHTIROK ETADI
2026-05-04 13:15:00 / Yangiliklar

«O‘zagroinspeksiya»ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i A. Achilov boshchiligida har bir tumanda mavsum oldidan tayyorlov chizig‘iga qo‘yish bo‘yicha nazorat ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonida har bir kombaynning texnik holatini joyida birma-bir ko‘zdan kechirilib, taʼmir ishlarining sifati va muddatini nazorat qilish, agregat va mexanizmlarning ishonchliligi bo‘yicha xulosa berish, xavfsizlik talablari hamda ekspluatatsiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish, mavsumga tayyor holatga keltirish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan nazoratni kuchaytirish ishlari olib borilmoqda
Bugungi kun holatiga ko‘ra, mavsumda qatnashadigan kombaynlar dislokatsiya bo‘yicha taʼmirlash maskanlariga to‘liq yig‘ilgan bo‘lib, 252 ta kombayn (86%) taʼmirdan chiqarildi va ko‘rikdan o‘tkazish uchun tayyorlov chizig‘iga qo‘yilmoqda.
Taʼmirlash uchun belgilangan mablag‘dan qariyb 10 mlrdgan so‘mdan ortiq ehtiyot qismlar olib kelib o‘rnatildi. Shuningdek, 2026 yilda qo‘shimcha 63 ta yangi kombayn xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Maqsad 2026 yil g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, texnik nosozliklar tufayli vaqt yo‘qotishning oldini olish hamda har bir kombaynning mavsum davomida uzluksiz ishlashini taʼminlashdir.
Qashqadaryo viloyat boshqarma axborot xizmati


