«O‘ZAGROINSPEKSIYA»DA QATAG‘ON QURBONLARIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI
2026-05-01 15:15:00 / Yangiliklar

Jumladan, Inspeksiya markaziy apparati xodimlari ishtirokida qatag‘on qurboni bo‘lgan buyuk shaxslarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida ishtirokchilarga yurtimiz tarixida chuqur iz qoldirgan jadid maʼrifatparvarlari va qatag‘on qurbonlarining millat ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ularning boy ilmiy-maʼnaviy merosini o‘rganish, yosh avlod ongiga singdirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bunday tadbirlar xodimlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini oshirish hamda maʼnaviy muhitni yana-da yuksaltirishga xizmat qilmoqda.







