VILOYATDAGI 8 TA TADBIRKORLIK SUBYEKTIGA IJOBIY XULOSALAR BERILDI
2026-04-22 14:10:00 / Yangiliklar

Yuqoridagi vazifalarni to‘liq sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Prezidentning “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qaror bilan O‘zagroinspeksiyaga bug‘doyning sifati va saqlanishi yuzasidan qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.
Unga ko‘ra, 3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doy — mulkchilik shaklidan qat’i nazar, birjadan xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga tasdiqlangan grafik asosida hech qanday cheklovlarsiz don mahsulotlarini birja orqali sotishga ruxsat etilgan.
Joriy yilning shu davrigacha O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 8 ta tadbirkorlik sub’ektlarining texnologik jarayonni tashkil etishda belgilangan talablarga mos kelishi va boshqa ko‘rsatkichlari o‘rganilib tegishli tartibda ijobiy xulosalar berishga erishildi.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi malakali mutaxassislari tomonidan sohaga doir qonunchilik ijrosini ta’minlash borasida doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Sh.Shaymanov, O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi “Paxta xom ashyosi, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish” bo‘limi bosh mutaxassisi.
