NAVOIY: 80 TA URUG‘LIK DON YETISHTIRUVCHI SUBYEKTLAR TOMONIDAN URUG‘LIK G‘ALLA PARVARISHLANMOQDA
2026-04-15 16:40:00 / Yangiliklar

Urug‘lik maqsadida parvarishlab kelinayotgan urug‘lik g‘alla maydonlarida bahorgi mineral o‘g‘itlar va bargidan oziqlantirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi nazorat qilinib, begona o‘t, kasalliklar, zararkunanda va hashoratlarga qarshi kurashish ishlari Dron qurilmasi yordamida bajarilmoqda.
Shuningdek, joriy yilda yetishtirib kelinayotgan xo‘jaliklarning urug‘lik g‘alla maydonlaridan rejalashtirilgan va ko‘zlangan hosildorlikka erishish hamda Qonunbuzulish holatlarini oldini olish maqsadida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘lim sohaviy mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.
Jumladan, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 80 ta urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlarning rahbarlariga ogohlantirish va yozma ko‘rsatmalar berilib, vakolat doirasida amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.
"O‘zagroinspeksiya" Navoiy viloyati boshqarmasi

