ELEKTRON XIZMAT KO‘RSATISHGA MUROJAATLAR SONI ORTIB BORMOQDA
2026-04-15 14:15:00 / Yangiliklar

- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (https://my.gov.uz/uz/service/842);
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish (https://my.gov.uz/uz/service/846);
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish (https://my.gov.uz/uz/service/849);
- Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish uchun ariza yuborish (https://my.gov.uz/uz/service/847);
- Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini olish (https://my.gov.uz/uz/service/860);
- Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish (https://my.gov.uz/uz/service/861).
Ushbu xizmatlarning ishga tushirilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslar Inspeksiyaga kelib o‘tirmasdan, murojaatlarni elektron jo‘natishi, shuningdek, ayrim xizmatlardan real vaqt rejimida elektron foydalanishi imkoniyati yaratilgan.
Joriy yilning 1-choragida Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 3 ming 116 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 486 taga ko‘paygan.
Kelib tushgan murojaatlar ijrosi belgilangan muddatida ta’minlangan.
Bugungi kunda, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish kabi yana 2 ta davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatish imkoniyatini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya” texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi
