“O‘ZAGROINSPEKSIYA”TOMONIDAN 2026-YIL 1-chi CHORAGIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN BRIFING
2026-04-13 13:20:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda “O‘zagroinspeksiya” nafaqat nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda, balki qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlarga huquqiy yordam va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish orqali sohada qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
2026-yilning o‘tgan I-chi choragi davomida,
Qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya qilinishi va ijrosi yuzasidan Inspeksiya tomonidan 29 ming 713 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Shundan 27 ming 929 tasida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2 ming 550 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
3 ming 614 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan profilaktika tadbirlarida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, 4 ming 990 ta holatda tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilishlari yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 2 ming 410 marotaba ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilot va korxonalarga bajarilishi majburiy bo‘lgan 1 ming 661 ta taqdimnoma, 22 mingga yaqin yozma ko‘rsatmalar kiritildi.
909 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sohasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha monitoringlar olib borilib, 1 ming 385 ta holatda qonunbuzilish holatlari aniqlanib 49,6 mlrd so‘m miqdorida yetkazilgan zararlar hisoblandi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishi sohasida:
O‘tkazilgan tahlillar natijasida 805 tonna mahalliy, 180 tonna xorijiy urug‘lik chigit yaroqsiz deb topilib va uni realizatsiya qilmaslik choralari ko‘rildi. Nomuvofiq deb topilgan urug‘lik chigitlar ekilishining oldi olindi.
Shuningdek, 2 ming 126 ta subyektlar tomonidan parvarish qilinayotgan 78,7 ming gektar urug‘lik g‘alla maydonlarida o‘tkazilgan monitoringlar natijasida belgilangan talablarga javob bermagan 661 gektar maydon urug‘lik hisobidan chiqarildi.
Davlat ehtiyojidagi donlardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, mamlakat ichida sotishda, eksport-import jarayonlarida me’yoriy hujjatlarga rioya etilayotganligini nazorat qilish bo‘yicha 2026-yilda mamlakatimizga import qilingan 219 ming 989 tonna don mahsulotlarining sifati tahlil qilinib, tegishli xulosalar berildi.
Shuningdek, davlat ehtiyojlari uchun qabul qilingan donlardan oqilona
va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, mamlakat ichida sotishda me’yoriy hujjatlarga rioya etilayotganligi qat’iy nazoratga olinganligi natijasida 2026-yil prognozga nisbatan 5 ming 519 tonna tabiiy yo‘qotish miqdori iqtisod qilinishiga erishildi.
Shuningdek, paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlanishi hamda mahsulotlarning sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosaga ega ekanligi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Jumladan, hisobot davrida o‘rganilgan 11 ta yog‘-moy korxonalaridan 3 tasining faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlanib, belgilangan ta’sir choralari qo‘llanildi.
2026-yilning o‘tgan davrida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalariga 13 mlrd so‘mlik davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Xususan, 53 ming donadan ortiq qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari yillik texnik ko‘rikdan, 10 ming 645 dona texnikalar davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalariga davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida 13 ming 418 dona texnik pasport, 9 ming 740 dona davlat raqam belgisi hamda 1 ming 805 dona texnik guvohnoma, 5 776 dona traktorchi-mashinist guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.
Shu bilan birga, 2026-yil dala ishlarida qatnashadigan 122 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari markazlashgan holda ta’mirlash ishlari nazoratga olinib, mavsumda to‘xtovsiz ishlashi yuzasidan tizimli ishlar tashkil etildi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Inspeksiyaga kelib tushgan 468 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, sohaga oid muammolarni joyiga chiqqan holda hal etish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabul va uchrashuvlarda 9 ming 534 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi va muammolariga joyida yechim topishga harakat qilindi.
Inspeksiya faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida jami 1 974 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan mingdan ortig‘i ommaviy axborot vositalarida, 944 tasi esa ommaviy tadbirlarda chiqishlar orqali amalga oshirildi.
2026-yilda paxta, don va ulardan olingan mahsulotlarni hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatildi.
“O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markaz” ining sinov laboratoriyalari tomonidan hisobot davrida jami netto vaznda 82 ming 995 tonna paxta tolasi va 3 ming 345 tonna paxta momig‘i sinovdan o‘tkazilib sertifikatlandi.
Shuningdek, konditsion vaznda jami 130 755 tonna, netto vaznda jami 28 746 tonna texnik chigitning yog‘dorlik ko‘rsatkichlari aniqlandi.
Shu bilan birga, mahalliy tayyorlangan va xorijdan import qilingan urug‘lik chigitlarning ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun joylarga chiqqan holda belgilangan tartibda namunalar tanlab olinib, Markazning akkreditatsiyalangan urug‘chilik laboratoriyasida sinovlardan o‘tkazilib kelinmoqda.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha buyurtmachilarning “agrosert.uz” axborot tizimi orqali kelib tushgan arizalariga muvofiq, 5 ming tonnadan ziyod sabzavot, poliz, donli va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklariga ekinboplik xulosalari rasmiylashtirildi.
O‘zagroinspeksiya tomonidan Qishloq xo‘jaligi sohalarida qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda qonun buzilishini oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligi subyektlarida profilaktika va nazorat tadbirlari davom ettiriladi.
O‘zagroinspeksiya axborot xizmati
