“O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA NAVBATDAGI SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
2026-04-10 17:10:00 / Yangiliklar

Shuningdek, tadbirda Respublika Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonidan tashrif buyurgan mas’ullar- tadbirkorlik subyektlarini tekshirish huquqiga ega inspektorlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berib, majburiyatlarini tushuntirdilar.
Xususan, 2026-yilda Inspeksiya reyting natijalarini yaxshilash maqsadida profilaktik tadbirlar ulushini tekshirishlarga nisbatan oshirish, tekshiruvlar tartibiga to‘liq rioya qilgan holda o‘tkazish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha aniq chora tadbirlar belgilanib, ularni amalga oshirish mexanizmi joriy qilingan.
Jumladan, joriy yilning mart oyida Inspeksiya markaziy apparatida tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lmagan 9 nafar xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilib,
bu boradagi ishlar hududiy boshqarmalar va tuman bo‘limlarida ham davom ettirilmoqda.
Shuningdek, Inspeksiya xodimlarining huquqiy savodxonligi va professional malakasini oshirish, ish faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida o‘quv amaliy seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ma’lumot uchun: Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 2024-yildan buyon Biznes-ombudsman tomonidan har yili 1-fevralga qadar tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi tekshiruvlarning qonuniyligi va o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilganligi bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyati baholanib, reyting natijalari e’lon qilib boriladi.
O‘zagroinspeksiya Axborot xizmati









