YANGIBOZOR TUMANIDA CHIGIT EKISH ISHLARI INSPEKSIYA NAZORATIDA
2026-04-07 10:10:00 / Yangiliklar

Shunga muvofiq, Inspeksiyaning tuman bo‘limlari tomonidan tumanda urug‘liklarni realizatsiya qiluvchi subyektlarga ogohlantirish xatlari va yozma ko‘rsatmalar berilib, bugungi kunda xorijiy va mahalliy sharoitda tayyorlangan urug‘liklar to‘liq QR kodli yorliqlangan va ijobiy ekinboplik xulosasi mavjud bo‘lgan holda realizatsiya qilinishi nazorat qilib borilmoqda.
Shuningdek, hukumatning sohani tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatiga asosan Inspeksiyaga urug‘liklarni sertifikatlangan holda realizatsiya qilinishi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq maydonlarda ekilishi va yalpi hosil yetishtirilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Joriy yil Yangibozor tumanida 7 ming 261 gektar maydonga sifatli va qisqa muddatlarda chigit ekishni yakunlash maqsadida 9 ta ekish otryadlari tashkil etildi. Ushbu otryadlarga 510 ta qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan transport traktorlari, 112 ta haydov va 136 ta chopiq traktorlari, 142 ta mola, 80 ta yuqori unumli chigit ekish seyalkalari, 90 dona (shundan 51 dona lazerli) yer tekislagichlar, 34 ta chizel moslamalari, 489 ta tishli boronalar hamda boshqa texnika vositalari va mexanizmlar biriktirildi.
Shuningdek, mart oyi yakunlariga ko‘ra chigit ekilgan maydonlarning 251,6 gektari Xitoyning Xin Lu Zao-64 navini, 386,6 gektari Jinken-1402 navini tashkil qilib, 250 gektar maydonlarda Shinjon usulida chigit ishlari amalga oshirildi.
Tumanda ekish ishlarini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida O‘zagrolizing tashkilotidan mutaxassislar biriktirilib, yuzaga kelgan muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida mobil avtomobil xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Mavsum davomida Inspeksiyaga yuklatilgan vakolatlar doirasida urug‘lik tarqatuvchi, realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikda belgilangan tartibda QR kodli yorliqlangan ekinboplik xulosasi mavjud bo‘lgan urug‘lik chigit to‘dalarining realizatsiya qilinishi hamda to‘liq maydonlarda ekilishi ustidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
R. Matchanov «O‘zagroinspeksiya»ning Yangibozor tuman bo‘limi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Y. Tadjibayev, «O‘zagroinspeksiya»ning Yangibozor tuman bo‘limi Texnika holatini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi.

