G‘ALLA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR “O‘ZAGROINSPEKSIYA” NAZORATIDA
2026-03-26 12:10:00 / Yangiliklar

“O‘zagroinspeksiya”ning Andijon viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan g‘alla maydonlarida ayni paytda o‘tkazilishi muhim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, jumladan; bahorgi oziqlantirish, sug‘orish, zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga qarshi ishlov berish ishlarini muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Hududlarda bugungi kunda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlari davomida 1530 ta fermer xo‘jaliklarining 11 ming 884 gektar g‘alla ekilgan maydonlarida agrotexnik tadbirlar kechiktirilganligi yoki sifatsiz amalga oshirilganligi aniqlandi.
Jumladan; 156 ta fermer xo‘jaliklarining 702 gektar maydonida g‘alla siyrak unib chiqqanligi, 193 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 1 ming 87 gektar maydonda sug‘orish ishlari sifatsiz o‘tkazilganligi, 54 ta fermer xo‘jaliklarining 447 gektar g‘alla maydonlarida azotli mineral o‘g‘itlar bilan bahorgi ikkinchi oziqlantirilmagan, 234 ta fermer xo‘jaliklarining 1417 gektar g‘alla maydonlariga hosil xandagi (o‘ra) qazimagan va 628 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 6 ming 494 gektar g‘alla maydonlariga umuman mahalliy o‘g‘it chiqarmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan ushbu kamchiliklar yuzasidan O‘zagroinspeksiya tomonidan zaruriy ta’sir choralari ko‘rilib, mahalliy hokimliklar va soha mas’ullariga 23 ta taqdimnoma kiritilib, g‘alla yetishtiruvchi subyektlarga 95 ta ko‘rsatma va 1013 ta ogohlantirishlar berilgan.
G‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi Inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan mavsumda doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Tashlanov Jasurbek, “O‘zagroinspektsiya”ning
Andijon viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi




