TUPROQQAL’ADA 2026-YIL HOSILI UCHUN CHIGIT EKISH ISHLARIGA START BERILDI
2026-03-25 16:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, O‘zagroinspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i, soha mas’ullari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida O‘zagroinspeksiya mutaxassislari tomonidan zamonaviy agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirish, suv tejovchi texnologiyalardan unumli foydalanish hamda Xitoyning "Shinjon" tajribasi asosida yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, chigit ekish agregatlarining sozligi va urug‘ qadalish sifati yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir yakunida yaxshi niyatlar bilan duo qilinib, tuman bo‘ylab chigit ekish ishlariga rasman start berildi.
O.Rajapov, O‘zagroinspeksiyaning Tuproqqala tuman bo‘limi bosh mutaxassisi








