TEXNIKALAR MAVSUMGA SHAY
2026-02-24 17:35:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumanida 2026 yil bahorgi dala ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda sifatli o‘tkazish maqsadida barcha qishloq xo‘jalik texnikalari mavsumga tayyorlash ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Fermer xo‘jaliklarda qator oralig‘i 76 sm bo‘lgan seyalkalar, chopiq traktorlari va boronalar joyida o‘rganilib, ekish aniqligi, urug‘ me’yori va tuproqni yopish sifati tekshirilmoqda.
Mexanizatorlarga texnikadan to‘g‘ri foydalanish, yoqilg‘i-moylash materiallarini me’yorida qo‘llash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, profilaktik xizmat rejasi ishlab chiqilgan.
Tumanda jami 80 ta traktor, 80 ta kultivator, 56 ta seyalka, 24 ta pushta olgich va 100 ta tishli borona bahorgi ekishga to‘liq tayyorlangan.
A. Mirzayev,
O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi, Ulug‘nor tuman bo‘limi Texnikalar holatini nazorat qilish mutaxassisi



