#Yashil_makon
2025-11-12 17:45:00 / Yangiliklar
“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etishdi!

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toyloq tumanida hashar tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari ham faol qatnashib, tok ko‘chatlarini ekishdi.
Ushbu ezgu ishlar atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, jamoaviy birdamlik va mehnatsevarlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.



