Texnologik uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va ularning rasmiy dilerlariga
2026-01-24 14:00:00 / Tenders and Announcements
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ–238-son va 2025-yil 17-yanvardagi PQ–12-son qarorlariga muvofiq, «Parranda Investment» MChJ tomonidan Xorazm viloyatida «Tayyor biznes» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, «Parranda Investment» MChJga xizmat ko‘rsatuvchi yuridik kompaniya tomonidan yiliga 24 million bosh broyler jo‘jalarini yetishtirish quvvatiga ega inkubatoriy uchun xarid hujjatlari va texnik topshiriq ishlab chiqilgan.
Mazkur texnologik uskunalar uchun boshlang‘ich qiymat 3 000 000 yevro (QQSsiz) etib belgilangan. Takliflar texnologik uskuna yetkazib berish qiymatini kamaytirish tartibida ko‘rib chiqiladi.
Tashkilotchi: «Parranda Investment» MChJ
Ishtirok etish tartibi: https://gov.uz/uz/vetgov/news/tender-va-e-lonlar sayti orqali yoki rasmiy elektron manzil — parrandainvestment@mail.ru ga taklif yuborish orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizni tanlovda ishtirok etishga hamda 2026-yil 15-fevralga qadar xarid hujjatlari va texnik topshiriqda belgilangan talablarga muvofiq to‘liq taklifingizni taqdim etishga taklif qilamiz.
Kuzatuv kengashi raisi
«Parranda Investment» MChJ
U. Ahmedov
Технические здание Инкубатория.docx
Закупочная документация Инкубатория.docx
