To Manufacturers of Technological Equipment and Their Official Dealers
2026-01-22 19:30:00 / Tenders and Announcements
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi PQ–238-son va 2025-yil 17-yanvardagi PQ–12-son qarorlariga muvofiq, «Parranda Investment» MChJ tomonidan Xorazm viloyatida «Tayyor biznes» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, «Parranda Investment» MChJga xizmat ko‘rsatuvchi yuridik kompaniya tomonidan go‘sht yo‘nalishida 120 ming bosh naslli ota-ona galasining jo‘jaxonasi uchun 10 komplekt, katta yoshdagi naslli ota-ona galasi uchun 240 ming boshga mo‘ljallangan 20 komplekt, final gibrid broyler jo‘jalari uchun 4,3 mln boshga mo‘ljallangan 152 komplekt parranda boqish uskunalari uchun xarid hujjatlari va texnik topshiriq ishlab chiqilgan.
Mazkur texnologik uskunalar uchun boshlang‘ich qiymat 20 000 000 yevro (QQSsiz) etib belgilangan. Takliflar texnologik uskuna yetkazib berish qiymatini kamaytirish tartibida ko‘rib chiqiladi.
Tashkilotchi: «Parranda Investment» MChJ
Ishtirok etish tartibi: https://gov.uz/uz/vetgov/news/tender-va-e-lonlar sayti orqali yoki rasmiy elektron manzil — parrandainvestment@mail.ru ga taklif yuborish orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizni tanlovda ishtirok etishga hamda 2026-yil 15-fevralga qadar xarid hujjatlari va texnik topshiriqda belgilangan talablarga muvofiq to‘liq taklifingizni taqdim etishga taklif qilamiz.
Kuzatuv kengashi raisi
«Parranda Investment» MChJ
U. Ahmedov
Закуп док. Финалный гибрид _1_.pdf
Технические здание Финалн.docx
Закупочная документация 1.docx
