O‘zagroinspeksiya xodimlari teatrda
2025-06-24 16:50:00 / Yangiliklar
O‘zagroinspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 iyuldagi “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-222-sonli qarorining 5.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, respublika bo‘ylab xodimlar uchun madaniy-estetik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Dam olish kunlarida O‘zagroinspeksiyaning Samarqand va Andijon viloyat boshqarmalari xodimlari “Viloyat musiqali drama teatri” spektakliga tashrif buyurishdi.
Tadbirlar xodimlarning madaniy-ma’naviy hordiq chiqarishi, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, jamoa ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Teatr sahnasida namoyish etilgan spektakl yuqori baholanib, xodimlar bunday tashabbuslarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.





