O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining lavozimlariga qo‘yiladigan malaka talablari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–18-son Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
1) Strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘limi xodimlarining malaka
talablari 1-ilovaga;
2) Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi xodimlarining malaka
talablari 2-ilovaga;
3) Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi xodimlarining
malaka talablari 3-ilovaga;
4) Axborot xizmati xodimlarining malaka talablari 4-ilovaga;
5) Yuridik bo‘limi xodimlarining malaka talablari 5-ilovaga;
6) Vazir yordamchisining malaka talablari 6-ilovaga;
7) Ichki audit va nazorat boshqarmasi xodimlarining malaka talablari 7-
ilovaga;
8) Vazirning davlat tili bo‘yicha maslahatchisining malaka talablari 8-ilovaga;
9) Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi xodimlarining malaka talablari
9-ilovaga;
10) Etnosport turlarini rivojlantirish va sport normativlarini o‘tkazish bo‘limi
xodimlarning malaka talablari 10-ilovaga;
11) Vazir kotibiyati boshlig‘ining malaka talablari 11-ilovaga;
12) Axborot-tahlil va ijro intizomi bo‘limi xodimlarining malaka talablari 12-
ilovaga;
13) Xalqaro hamkorlik, reytinglar va Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash
bo‘limi xodimlarining malaka talablari 13-ilovaga;
14) Devonxona xodimlarining malaka talablari 14-ilovaga;
15) Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisning malaka talablari15
-ilovaga;
2
16) Oliy sport yutuqlari boshqarmasi boshlig‘ining malaka talablari16-ilovaga;
17) Olimpiya va kompleks musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlarini
qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlarining malaka talablari 17-ilovaga;
18) Paralimpiya, qishki va noolimpiya sport turlari bo‘limi xodimlarining
malaka talablari 18-ilovaga;
19) Oliy ta’lim bilan ishlash va sport natijalarini tahlil qilish bo‘limi
xodimlarining malaka talablari 19-ilovaga;
20) Professional sport ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi xodimlarining
malaka talablari 20-ilovaga;
21) Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlarining
malaka talablari 21-ilovaga;
22) Sport infratuzilmasini rivojlantirish va tashabbusli budjet loyihalari bilan
ishlash bo‘limi xodimlarining malaka talablari 22-ilovaga;
23) Moliya-iqtisod bo‘limi xodimlarining malaka talablari 23-ilovaga;
24) Buxgalteriya hisobi bo‘limi xodimlarining malaka talablari 24-ilovaga;
25) Marketing, autsorsing va davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi
xodimlarining malaka talablari 25-ilovaga;
26) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish
bo‘limi xodimlarining malaka talablari 26-ilovaga;
27) Ishlar bo‘limi xodimlarining malaka talablari 27-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
2. Inson resurslarini rivojlantirish va boshaqarish bo‘limi boshlig‘i(A.Maxammadiyev) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativhuquqiy hujjatlariga hamda ushbu buyruqqa asosan vazirlik vakant lavozimlarga ishga qabul qilishda lavozim uchun malaka talablariga qat’iy amal qilingan holda ishni tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
3. Devonxona (S.Rasulova)ga ushbu buyruq bilan vazirlik markaziy apparati barcha xodimlarini tanishtirish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan Sport vazirining 2024-yil 1-mart kunidagi 01/319-AF-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosarlari Sh.Maxmudov, A.Karimov hamda M.Ismailov zimmalariga yuklatilsin
