Xotin–qizlarni sportga jalb qilish bo‘yicha Namangan tajribasi keng ommalashmoqda
2025-02-24 18:30:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, yurtimizda “Namangan tajribasini yaratish” asosida mavjud sport inshootlarida mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda xotin-qizlar uchun gimnastika, yoga, fitnes va boshqa ayollar salomatligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar bilan bepul shug‘ullanish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Namangan viloyatining Davlatobod tumanida joylashgan “Badminton markazi”da xotin-qizlarni ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish borasida mas’ul bo‘lgan xodimlar va sog‘lom turmush tarziga befarq bo‘lmagan fuqarolar uchun O‘zbekiston yoga federatsiyasi tashabbusi asosida 18 yillik tajribaga ega hindistonlik professional yoga murabbiyi Rahul Mishra ishtirokida yoga bo‘yicha maxsus mahorat saboqlari tashkil etildi.
Shuningdek, Chust tumanida farzandlari sport to‘garagida qatnashayotgan onalar ham o‘z salomatliklarini mustahkamlash maqsadida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan faol tarzda shug‘ullanishmoqda.



