Karmana tumani Bosh otinoyisi yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi
2025-03-04 18:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq:
Xusenova Nasiba Ismatovna — Navoiy viloyati Karmana tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi — II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
Bu, albatta, muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan e’tiborning yuksak na’munasi ekanini alohida ta’kidlash lozim.
Din ishlari bo’yicha qo’mita rahbariyati va jamoasi ushbu yuksak mukofot bilan Xusenova Nasiba Ismatovnani samimiy qutlaydi!
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti va istiqboli yoʻlida olib borayotgan faoliyatida ulkan zafarlar, bundan-da yuksak natija, samara va muvafqaqiyatlarga erishishini tilaydi!