O‘zbekiston yoshlari jahon sahnasida!
2025-08-16 08:00:00 / Yangiliklar
“Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov Study UK Alumni Awards’ning “Madaniyat va ijodkorlik” yo‘nalishida Global finalchisi sifatida tanlandi!

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov Study UK Alumni Awards’ning “Madaniyat va ijodkorlik” yo‘nalishida Global finalchisi sifatida tanlandi!
Bu yutuq nafaqat shaxsiy g‘alaba, balki O‘zbekiston yoshlari, adabiyot va ijodkorlikni targ‘ib etish yo‘lidagi mehnatning e’tirofidir.
Sirojiddin Olimov o‘zining ilmiy va ijodiy faoliyatini Edinburg universitetida olgan bilimlari bilan boyitib, “Mutolaa” loyihasi orqali yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilib kelmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sirojiddin Olimovni xalqaro maydondagi muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaymiz!

