Foto ko‘rgazmaga taklif etamiz!
2026-03-27 10:45:00 / Yangiliklar
San’at orqali o‘z qalbidagi go‘zallikni namoyon etayotgan kar va zaif eshituvchi yoshlarimizning maxsus ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu madaniy tadbirda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan yosh ijodkorlarning betakror va teran ma'noga ega ijod namunalari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Ochilish vaqti: 26-mart, soat 15:00 da. Ko‘rgazma 2-aprelga qadar davom etadi.
Manzil: Toshkent Fotosuratlar Uyi









