Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar
2025-12-19 16:00:00 / Matbuot anjumanlari
Bugun, 19-dekabr kuni soat 14:00 da Yoshlar ishlari agentligi binosida Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limlari, shuningdek, mahalla darajasidagi tuzilmalarining 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlari har tomonlama tahlil qilindi.
Xususan, hisobot davrida markaziy apparat xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan 15 ta o‘quv-trening hamda 12 ta seminar tashkil etilib, ularda 97 nafar xodimning barchasi to‘liq qamrab olindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilandi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari, davlat xaridlari jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, moliyaviy intizomni mustahkamlash masalalari batafsil yoritildi. Xodimlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida 10 ta korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Agentlikning 14 ta hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar tasdiqlangan yagona reja asosida olib borildi hamda joylarda huquqiy savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, hisobot davrida hududiy boshqarmalarda:
- 220 ta o‘quv-trening tashkil etilib, ularda 4 500 nafar xodim ishtirok etdi.
Mazkur tadbirlar hududiy darajada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini shakllantirishga xizmat qildi. Mahallalarda korrupsiyaga qarshi kurashishning quyi bo‘g‘ini sifatida yoshlar yetakchilarining faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan:
- 3 000 nafar yoshlar yetakchisi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv-treninglardan o‘tkazildi;
- yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan 500 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, ular orqali 60 000 nafarga yaqin yoshlar va fuqarolar qamrab olindi.
Mazkur ishlar korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonini bevosita mahalla darajasigacha tushirish, yoshlar orqali jamiyatda halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, ularni baholash hamda samarali boshqarish maqsadida hisobot davrida markaziy apparat va hududiy bo‘g‘inlar kesimida tizimli tahlil ishlari amalga oshirildi. Mazkur jarayonlar Agentlikda shaffoflikni ta’minlash, ichki nazorat mexanizmlarini mustahkamlash va korrupsion holatlarning oldini olishga qaratildi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiyalash bo‘yicha umumiy qamrov darajasi 97 foizni tashkil etdi.
Yoshlar ishlari agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan monitoring, ichki audit, komplaens nazorati hamda kelib tushgan murojaatlar va xabarlar asosida hisobot davrida aniqlangan qoidabuzarliklar chuqur tahlil qilindi. Ushbu jarayonlarda asosiy e’tibor korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni ta’minlashga qaratildi.
Agentlik tomonidan GRACE xalqaro dasturi doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, halollik, ochiqlik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib etishga qaratilgan keng ko‘lamli va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, hisobot davrida respublika bo‘ylab 9 008 ta mahallada korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, ular orqali 1 080 960 nafar yosh qamrab olindi. Ushbu tadbirlar mahalla darajasida aholiga yaqin, tushunarli va amaliy shakllarda o‘tkazilib, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida xabardorligini kuchaytirishga xizmat qildi.
