Yil yakuni bo'yicha tahliliy hisobot
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2025 yilda
amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida
MA’LUMOT
“O‘zaviatsiya” agentligining 2025 yilga mo‘ljallangan Tashkiliy tadbirlar rejasiga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirildi:
I. Parvozlar xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
-12 ta sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazilgan, mazkur tekshiruvda 245 ta kamchiliklar aniqlanib tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tashkilot va korxonalarga 10 ta inspektorlik taqdimnomalari kiritildi va nazoratga olindi.
-65 ta inspeksiya tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlar natijasida jami 483 ta kamchilik aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ekspluatant zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish va kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida 41 ta inspektor taqdimnomasi yuborilgan.
II. IKAO standartiga muvofiq fuqaro aviatsiyasi aerodromlarida “SAFA” tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
- SAFA (Safety Assessment of Foreign Aircraft) — chet el aviakompaniya havo kemalarining texnik xolati, bort va ekipaj a’zolarining xujjatlari, havo kema jixozlarining xavfsizlik xolati bo‘yicha baholash dasturi doirasida fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy davlatlar ekspluatantlarining havo kemalarida 37 ta rejali perrondagi inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilgan (“Sun Express”, “UVT AERO”, “Azimut” “Malindo Airways”, “LOT”, “AJet”, “Tez Jet”, “Loong Air” 2ta, “Sibir”, “Flyadeal”, “Flynas”, “Wizz Air Abu Dhabi”, “Kam Air”, “Qatar Airways”, “Azimut”, “Sibir”, “Ural Airlines”, “Turkish Airlines” va “Kam Air” “Fly Arystan” “Air Arabia”, “Air Cairo”, va “MNG Airlines” “Qeshm Air”, “Zagros Air, “Aeroflot”, Air Arabia Abu Dhabi”, Jazeera Airways”, “Rossiya”, “FlyNAS”va “IndiGo”, “Ural Airlines”, “Belavia”,“Somon Air”, “T'way Air” “Red Wings” va “Pobeda”. Tekshiruv natijalari bo‘yicha quydagi aviakompaniyalarda kamchiliklar aniqlandi.
- “Sibir Airlines” Airbus A-321 (RA-73436)da 4 ta kamchilik (2- toifa);
- “Flyadeal” Airbus A330-300 (TC-NYA)da 3 ta kamchilik (1-toifa);
- “Flynas” Airbus A-320 (HZ-NS85)da 1 ta kamchilik (2-toifa).
- “AJet” Boeing B-737 (TC-JZU)da 1 ta kamchilik (2- toifa);
- “TezJet” AVRO RJ-85 (EX-27005)da 2 ta kamchilik (2-toifa);
- “UVT aero” CRJ-200 (RA-67154) da 1 ta kamchilik (1- toifa);
- “Sun Express” Boeing 737-800 (TC-SPH) da 1 ta kamchilik (1-toifa);
- “Batik Air” Boeing 737-MAX8 (9M-LRH) da 2 ta kamchilik (2-toifa).
- “LOT Polish Air” Boeing 737-MAX8 (SP-LVT) da 2 ta kamchilik
(2-toifa).
- “Loong Air” Airbus A-320 (B-30DH)da 1 ta kamchilik (1-toifa)
Airbus A320 (B-320E) – 1 ta kamchilik – (1 ta – 1-toifa);;
- “Qeshm Air” - Airbus A320 (EP-FQH)da – 4 ta kamchilik – (2 ta – 2 toifa; 2 ta – 1 toifa);
- “Aeroflot” - Airbus A321 (RA-73707) – 3 ta kamchilik – (2 ta – 2 toifa; 1 ta – 1-toifa);
- “Ural Airlines” – Airbus A321 (RA-73841) – 2 ta kamchilik – (1 ta – 1-toifa);
- “Air Cairo” - Airbus A320 (SU-BUX) – 1 ta kamchilik – (1 ta – 1-toifa);
- “MNG Airlines” – Airbus A330 (TC-MCO) – 2 ta kamchilik – (2 ta – 1-toifa);
- “Belavia” - B737-800 (EW-527PA)da – 1 ta kamchilik – (1 ta – 2-toifa);
- “Zagros Air” – Airbus A319 (EP-ZAX) – 1 ta kamchilik – (1 ta – 1-toifa);
- “Air Astana”- A321-223 (EI-KDB) - 2 ta kamchilik (1-toifa), 1 ta kamchilik (G-toifa);
- “Aeroflot” - A321-211 (RA-73716) - 2 ta kamchilik (1-toifa);
- “Aeroflot” - A321-211 (RA-73728) - 2 ta kamchilik (1-toifa);
- “Aeroflot” - A321-211 (RA-73709) - 2 ta kamchilik (1-toifa);
- “Ural Airlines” - A321-231 (RA-73746) - 3 ta kamchilik (1-toifa);
- “AeroLogic” - B777F (D-AALW) - 2 ta kamchilik (1-toifa);
- “Aeroflot” - A321-211 (RA-73706) -3 ta kamchilik (1-toifa);
-“Azerbaijan Airlines” - A-320 (J-2532) -2 ta kamchilik (1-toifa).
Aniqlangan toifalaar yuzasidan Aviakompaniya xamda davlatlarning aviatsiya mamuriyatlariga tegishli xatlar yuborilgan.
“SAFA” bo‘yicha xorijiy inspektorlar tomonidan Rezident aviakompaniyalarda 2-toifa darajadagi nomuvofiqliklar aniqlangan. Ushbu nomuvofiqliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida quyidagi rezident aviakompaniyalarga inspektorlik Taqdimnomalari yuborilgan:
- Barcha rezident aviakompaniyalarga, 14.02.2025 yil, 01-39/1Z-638-son Taqdimnoma;
- “Uzbekistan Airways” AJ, 27.01.2025 yil, 01-39/7-361-son Taqdimnoma;
- “My Freighter” MCHJ, 30.01.2025 yil, 01-39/7-444- Taqdimnoma.
2025 yil 30 iyul oyining holatiga ko‘ra rezident aviakompaniyalarning “SAFA” ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- “Uzbekistan Airways” AJ – 0,26 (avval 0,27);
- “Qanot Sharq” MCHJ – 2 (avval 2);
- “My Freighter” MCHJ – 0,89 (avval 1,06);
- “Fly Khiva” MCHJ – 0,25 (avval 0,63);
- “Sam Air” MCHJ - 2,5 (avvalgi holat: 2,5).
Ma’lumot uchun: “SAFA” (Safety Assessment of Foreign Aircraft) — chet el aviakompaniyalari havo kemalarining texnik xolati, bort va ekipaj a’zolarining xujjatlari, havo kema jixozlarining xavfsiz xolati bo‘yicha baholash dasturi. “SAFA” tekshiruvlari Yevropa Ittifoqi davlatlari va “SAFA” dasturiga a’zo davlatlar tomonidan amalga oshiriladi.
“SAFA” dasturida aniqlangan kamchiliklar 3 toifaga bo‘linadi:
1 — Toifa: Xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan kichik kamchiliklar.
2 — Toifa: Jiddiy, lekin qisqa vaqt ichida hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar.
3 — Toifa: Parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi jiddiy muammolar, darhol chora ko‘rish talab etiladi.
- O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun 7 ta xorijiy aviakompaniyalarning arizalariga asosan, muntazam aviaqotnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 7 ta Ekspluatatsion ruxsatnoma rasmiylashtirildi
Bular:
Aviakompaniya «T'way Air» Koreya Respublikasi № 40-K 03.02.2025 yil Seul-Toshkent yo‘nalishida;
Aviakompaniya «AIR ASIA X BERHAD» Malayziya № 41-K 03.02.2025 yil Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishida;
Aviakompaniya «RED SEA AIRLINES» Misr Arab Respublikasi
№ 42-K 22.02.2024 yil Sharm El Sheyx-Toshkent yo‘nalishida;
Aviakompaniya «Oman Air» Ummon Sultonligi № 44-K 02.04.2025 yil Masqat-Toshkent-Masqat yo‘nalishida.
Aviakompaniya «Air China» Xitoy Halq Respublikasi № 45-K 30.06.2025 yil Pekin-Toshkent-Pekin va Urumchi-Toshkent-Urumchi yo‘nalishlarida.
2024-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan davrda 2 ta aviakompaniya (SAYOHAT AIR GROUP, Shark Avia) faoliyati to‘xtatildi va 1 ta Panorama Airways aviakompaniyasi 03.07.2025-yilda Sian-Toshkent-Sian yo‘nalishida berilgan ekspluatant sertifikati bekor qilindi.
Birlashgan Arab Amirligining «Etihad Airways» a/k 02.10.2025 yil 49-K sonli Abu-Dabi-Toshkent-Abu-Dabi yo‘nalishida.
Shu bilan birga, bugungi kunda xorijiy aviakompaniyalarning 61 ta arizalariga muvofiq 320 ta yangi havo kemalari va 11 ta yangi yo‘nalish kiritildi ekspulatatsion ruxsatnomalarga kiritildi.
III. 2025 yilga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar rejasidan tashqari quydagi tadbirlar amaalga oshirildi:
— Xavo kemalarining texnik holatini baholash bo‘yicha 91 ta inspeksiya tekshiruvlari o‘tkazildi:
Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra 22 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, 101 ta uchishga yaroqlilik sertifikati, 16 ta shovqin bo‘yicha guvohnoma, 24 ta radiojixozlar bo‘yicha guvohnoma rasmiylashtirildi. fuqaro havo kemasi davlat ro‘yxatidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi 2 ta guvohnoma rasmiylashtirildi. Taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra 8 ta xorijiy texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tan olish to‘g‘risidagi guvohnoma berildi.
— Aviakompaniyalarning muroajatlari bo‘yicha 199 ta texnik hujjatlarni (Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari, Texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomalar, Minimal uskunalar ro‘yxatlari, Yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanmalar, Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari, Harakatlar rejalari) tasdiqlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar yakunlandi.
— Dastlabki sertifikatsiya jarayonini o‘tash va ekspuluatant sertifikatiga ega bo‘lish maqsadida “Ochiq Aviatsiya” MCHJ yo‘llangan arizasiga asosan 6-8 yanvar kunlari sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazildi. Sertifikatsiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra 21-O sonli ekspuluatant sertifikati taqdim qilindi va bu bilan “Ochiq Aviatsiya” MCHJ aviakompaniya maqomini oldi.
— Dastlabki sertifikatsiya jarayonini o‘tash va ekspuluatant sertifikatiga ega bo‘lish maqsadida “Sky Guard” MCHJ yo‘llangan arizasiga asosan 10-15 yanvar kunlari sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazildi. Sertifikatsiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra 22-O sonli ekspuluatant sertifikati taqdim qilindi va bu bilan “Sky Guard” MCHJ aviakompaniya maqomini oldi.
— Transport vazirligining tegishli topshirig‘iga asosan 28 yanvar kuni idoralararo ishchi komissiya bilan birgalikda “Andijon xalqaro aeroporti”da 2022-yildan beri olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mavjud holat tahlil qilinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
— Transport vazirligining tegishli topshirig‘iga asosan 15 va 24-aprel kunlari idoralararo ishchi komissiya bilan birgalikda “Toshkent-Sharqiy” va “Sariosiyo” aerodromlarida Qurilish ishlari belgilangan muddatlarda xamda qurilish ishlarining sifat darajasini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mavjud holatlar tahlil qilinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. “O‘zaviatsiya” agentligi qurilish jarayonida o‘z xissasini qo‘shish maqsadida IKAOning standartlari va tavsiya qilinganamaliyotidan kelib chiqib talablari asosida yuzasidan kerakli ko‘rsatma hamda takliflar berib borilmoqda.
— Transport vazirligining tegishli topshirig‘iga asosan, idoralararo ishchi komissiya bilan hamkorlikda “Toshkent-Sharqiy” aerodromida joyiga chiqqan holda qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, “Toshkent-Sharqiy” aerodromining aerodrom sertifikatini olish jarayonini jadallashtirish maqsadida ekspluatantga joyiga chiqqan holda amaliy va nazariy yordam ko‘rsatilmoqda.
— Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida joylashgan aerodrom hududida xususiy sektorni jalb etgan holda aviatsiya va parashyut klubini tashkil etish, shuningdek kichik aviatsiya uchuvchilarini tayyorlash kurslarini yo‘lga qo‘yish masalasi yuzasidan “O‘zavaiatsiya” agentligi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqilgan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijalari asosida nazorat rejasi ishlab chiqildi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida “O‘zavaiatsiya” agentligi xodimlaridan ishchi guruh tuzildi va mazkur guruh tarkibi Transport vazirligiga taqdim etildi.
— Parvozlarni ornitologik xolatni o‘rganish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan viloyatlar kesimida tuzilgan ishchi komissiya tarkibida 2 marotaba “Toshkent-Janubiy” va “Toshkent-Sharqiy” aerodromlariga tutash hududlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishchi komissiya bilan birgalikda aholi va mazkur hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
— O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi va uning xududiy bo‘linmalarining tegishli xatlar (7 ta so‘rovnoma)ga muvofiq fuqaro aviatsiyasida uchish xavfsizligi va parvozlarning muntazamligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ahvoli o‘rganish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining 15 nafar malakali mutaxassislari jalb qilingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra umumiy hisobda 51 ta kamchiliklar aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib prokuratura xodimlariga taqdim qilindi.
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“ “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 noyabrdagi 658-son qaroriga muvofiq “Buxoro Agroklaster” MCHJga 30-sonli xulosa bilan foydalanishga ruxsat berildi va 2 dona Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish apparatlari ro‘yxatga olindi va reyestirga kiritildi.
— Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan xamkorlikda uchuvchisiz uchish apparatlaridan noqonuniy foydalanish va saqlash yuzasidan tegishli ekspertiza xulosalar o‘tqazildi va natijada 2 ta o‘yinchoq model va 85 ta uchuvchisiz uchish apparatlari aniqlandi.
— Xorijiy ijodiy guruxlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xududida uchuvchisiz uchish aparatlaridan vaxtincha foydalanishga ruxsat olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 26 ta murojaati “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ko‘rib chiqildi va tegishli ruxsatnomalar berildi.
— 2025 yil 9 apreldagi 15/5-55409/25-111-25-sonli xatga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan “Tergov poligoni” bazasida “Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzish jinoyatlari bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, dalillarni topish va qayd etish hamda boshqa harakatlarni amaliy bajarish” mavzusidagi amaliy mashg‘ulot 2025 yil 18 aprel kuni tashkil etildi.
Mazkur tadbirda fuqaro aviatsiyasida parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruvni amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar bilan o‘rtoqlashildi. Tinglovchilar bilan samarali muloqot olib borilib, ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi hamda ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi. Shuningdek, kelgusida shunday mavzudagi amaliy mashg‘ulot va seminarlarni o‘tkazib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 11 apreldagi 228-F-sonli Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududining mavjud turizm salohiyatidan samarali foydalanish to‘g‘risidagi farmoyishini bajarish maqsadida Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida ATR-72-600 rusumli havo kemalari uchun aerodrom qurilishi masalalari yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar bilan o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda muntazam ishtirok etib kelinmoqda.
22 avgust kuni “Arnasoy” aerodromlariga joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. Shuningdek, qurilish ishlarining o‘z muddatlarida va IKAO talablari asosida yakunlanishi yuzasidan kerakli ko‘rsatma hamda takliflar berib borilmoqda.
— O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan quyidagi onlayn o‘quv kurslarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldilar:
“Davlat xizmatiga kirish”;
“Davlat xizmatchisiga zarur kompetensiyalar”;
“Iqtisodiy bilim asoslari”;
“Davlat fuqarolik xizmatchisining etikasi”;
“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”.
Shuningdek, Davlat dasturi ijrosi doirasida barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “yashil energetika” va “energiya tejamkorligi” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mazkur kurslar agentlik xodimlari tomonidan masofadan turib, onlayn platforma orqali o‘zlashtirildi va natijada tegishli sertifikatga ega bo‘ldilar.
- Hisobot davrida Fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlariga (uchuvchilar tarkibi, HHB dispetcherlari, muhandis-texnik tarkib va xizmat ko‘rsatuvchilar) 677 ta guvohnomalar, 300 ta malaka belgi va toifalar, 90 ta guvohnomalar yangisiga almashtirildi va 619 ta guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirildi 7 ta aviadispetcherlarning darajasini (klass) oshirish, 11 ta uchuvchi yo‘riqchining malaka toifasini berish (CHECK CAPTAIN, TIPE RATING INSTRUCTOR) amalga oshirildi.
- Fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun yil davomida “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb sayti orqali (www.uzcaa.uz) umumiy hisobda 9 134 ta so‘rovnoma kelib tushgan va 8 777 ta tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.
— Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish masalasida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-son “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona Nizom” talablari asosida yangi qurilayotgan obyektlarning balandliklari o‘rnatilgan tartibda kelishildi va elektron tizim orqali umumiy hisobda 2 164 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.
— 2025 yil 27-28 fevral kunlari “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJda, Parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv ta’minoti xizmati xodimlari Qutqaruvchi» maqomini tasdiqlash va egallab turgan lavozimiga loyiqligi bo‘yicha attestatsiya o‘tkazilishi jarayonlarini muvofiqlashtirish va nazoratga olish maqsadida ishtirok etildi.
— “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKning 22 yanvar 2025 yildagi 02-41-sonli xati va amaliyotni o‘tash bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvaliga muvofiq Buxoro, Navoiy, Qarshi, Urganch va Nukus xalqaro aeroportlarining sog‘lomlashtirish tibbiy punktlari shifokorlari va tibbiyot xodimlari bilan “O‘zaeronavigatsiya” Markazini mazkur aeroportlarda faoliyat yurituvchi havodaagi harakatni boshqaruvchi dispetcherlarni komissiyalararo shifokorlar bilan birga qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq tibbiy tekshiruvini o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ish joylarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
— Markaziy tibbiy uchish ekspert komissiyasi (MTUEK)ning 7 ta kengashi Bo‘lib o‘tdi. Bunda 15 nafar fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimining tibbiy hujjatlari ko‘rib chiqildi va ulardan 1 ta uchuvchi, 1 ta havodagi harakatni boshqarish dispetcheriga va 2 ta bortkuzatuvchilarga kasbiga faoliyatiga yaroqsiz haqidagi yakuniy tibbiy xulosalar chiqarildi. tibbiy xulosa olishga 4 ta nomzodlarga MTUEKning tibbiy xulosalari berildi va bu xaqda natijalar kengashning bayonnoma jurnaliga rasmiylashtirildi.
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2025 yil 17 sentyabr oyida Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlar vakillari uchun Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirishga oid seminar - treningi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
— Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) va “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK hamkorligida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi havo hududini tasniflash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlandi.
Ushbu konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi aerodromlarining IKAO joylashuv ko‘rsatkichlarini UT dan UZ ga o‘zgartirish hamda O‘zbekiston Respublikasi havo hududida yagona o‘tish eshelonini (FL 150) belgilandi. Shuningdek, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi aerodromlari uchun PBN xususiyatlariga asoslangan yangi ishlab chiqilgan parvoz sxemalarini muvofiqlashtirish ishlarida ishtirok etdildi.
II. Soha faoliyatida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq “Fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash Milliy dasturi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi №05/19-73-son topshirig‘iga muvofiq IKAO standartlarini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjat loyihalarini joriy yil yakuniga qadar ishlab chiqishni ta’minlash hamda fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuv harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan me’yorlar, qoida va tartib-taomillarni takomillashtirish maqsadida, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiya, “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilovasining standartlari va tavsiyalariga kiritilgan 16, 17 va 18-son o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tili davlat tili sifatidagi nufuz va mavqesini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son Farmoniga muvofiq davlat tilida ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun yuborildi.
Mazkur loyiha Vazirlar Mahkamasi tomnidan 2025-yil 10-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash Milliy dasturini tasdiqlash haqida”gi 152 xdfu-son Qarori tasdiqlandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tili davlat tili sifatidagi nufuz va mavqeni tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga doir tekshiruvni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2024 yil 6 yanvar loyiha raqami (ID 56067) ishlab chiqildi.
Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi qoidalari, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiya, “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilova, IKAOning standartlari va tavsiyalariga muvofiq hamda 1961 yil 18 apreldagi diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi hamda 1963 yil 24 apreldagi konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga muvofiqlashtirilgan.
Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun yuborildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvatlash chora-tadbirlari to‘grisida”gi 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qarori ijrosini ta’minlash, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaga “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilovasining standartlari va tavsiyalariga muvofiq, hamda fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuv harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan me’yorlar, qoida va tartib-taomillarni takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida toifalanmagan aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasi “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan qayta ko‘rib chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga
2025 yil 16 avgustdagi 01-46/8-100 son xat orqali qaytatdan yuborildi.
Ushbu qaror loyihasining qabul qilinishi natijasida fuqaro aviatsiyasida noqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan milliy talablarni, IKAO standartlari va tavsiyalari bilan muvofiqlashtirishga hamda xalqaro talablarni toifalanmagan aeroportlar (aerodromlarda) qo‘llanishiga olib keladi.
Mazkur xujjat loyihasi 2025 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan www.project.mygov.uz loyiha raqami (ID 4441) elektron tizim orqali vazirlik va idoralar bilan kelishish va muxokama qilish jarayonidan o‘tish uchun kiritilgan. Adliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan huquqiy ekspertiza xulosasida qo‘rsatilgan e’tirozlarni bartaraf qilish yuzasidan “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan taqqoslash jadvali ishlab chiqildi va 2025 yil 16 iyundagi 01-39/8-2489 son xat orqali taqqoslash jadvali O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga kiritildi.
4. “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining 2024 yil 28 martdagi 47-sonli “Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, (2010 yil 10 sentyabrda Pekinda qabul qilingan) Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga nisbatan noqonuniy xati-harakatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi ishlab chiqish maqsadida zarur hujjatlar to‘plamini tayyorlandi hamda (2010 yil 10 sentyabrda Pekin shahrida qabul qilingan) Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyani to‘ldiruvchi Bayonnomasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi ishlab chiqish maqsadida zarur hujjatlar to‘plami tayyorlandi.
Mazkur xujjat loyihasi 2024 yil 13 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan www.project.mygov.uz elektron tizim orqali loyiha raqami (ID 1350) vazirlik va idoralar bilan kelishish va muxokama qilish jarayonidan o‘tdi.
Mazkur xujjat loyihalari 2025 yil 2 va 4 iyundagi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan huquqiy ekspertiza xulosasida qo‘rsatilgan e’tirozlarni bartaraf etish yuzasidan “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan loyihalarning tushuntirish xatlari o‘rnatilgan tartibda qayta tuzildi va 2025 yil 17 iyundagi 01-39/8-2509 son xat orqali O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuborildi. Shu bilan birga Mazkur loyihala O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining huquqiy ekspertiza natijasi bo‘yicha ijobiy xulosa olindi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilmoqda.
6. “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirishni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqildi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan barcha bosqichlaridan to‘liq o‘tkazildi va joriy yilning 2025 yil 30 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 481-son XDFU qarori bilan tasdiqlandi.
7. O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksining 41-moddasiga muvofiq hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning 7-ilovasiga “Havo kemalarining davlat va ro‘yxatga olish belgilari” 1-7-o‘zgartirishlar va 10-ilovasining “Aviatsiya elektr aloqasi” III-jildiga 92-o‘zgartirishni tatbiq etish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalari (AR-AIR-002)ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 22-yanvardagi 3196-son buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq www.loyiha.adliya.uz tizimida tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishildi va O‘zbekiston Respublikaasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga kiritildi. 2025-yil 19-fevraldagi 3608-son ro‘yhat raqami bilan Adliya vazirlidan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
8. O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi 49-moddasiga hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning 1-ilovasi “Aviatsiya xodimlariga guvohnoma berish”ga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (O‘ZR AQ-61) loyihasi tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-son buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq www.loyiha.adliya.uz tizimida tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishildi va Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga kiritildi. Ushbu xujjat 2025-yil 24-fevraldagi 3609-son ro‘yhat raqami bilan Adliya vazirlidan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
9. Adliya vazirligining tavsiyalari asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi aviatsiya qoidalari (O‘z Res AQ-160) normativ-huquqiy hujjatiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan loyiha (ID 6423) ishlab chiqildi va www.loyiha.adliya.uz portali orqali tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi.Mazkur loyiha “O‘zaviatsiya” agentligining 2025 yil 3 iyundagi 01-39/11-2309-sonli kuzatuv xati bilan Adliya vazirligiga rasmiy tarzda kiritildi va Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-iyul sanasida davlat ro‘yxatidan 1734-9 o‘tkazildi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025 yil 9 dekabrdagi “Havo harakatidagi alohida vaziyatlar haqida havo kemalari ekipajlarining majburiy xabarnoma va bildirishnomalari shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 12-n-son buyruq Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 12 dekabr sanasida davlat ro‘yxatidan 2661-1 o‘tkazildi.
III. Soha faoliyatini raqamlashtirish.
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2024 yil uchun “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi faoliyatida 2024-yilga raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha” tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Transport vazirligining 2023-yil 16-oktyabrdagi “Xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 177-son buyrug‘iga muvofiq “Bir martalik ruxsatnomalar” axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Parvozlarning uchib kelgan/uchib ketgan vaqtlarini aniq belgilash maqsadida “Bir martalik ruxsatnomalar” axborot tizimini aeroportning “AODB” ma’lumotlar tizimi bilan integratsiyasi bo‘yicha ishlar muvofaqiyatli yakunlandi.
Ishlab chiquvchi kompaniya bilan 14.04.2025 yildagi №B1089866-son shartnoma tuzilgan bo‘lib, Transport vazirligi BI tizimi uchun hisobotlar ishlab chiqilgan. Agentlikning ma’lumotlarni avtomatik uzatish uchun API tizimi ishlab chiqildi.
“Xavflarni tahlil qilish” elektron tizimini rivojlantirish yuzasidan ishchi uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazildi. Ishlab chiqilayotgan tizimning nomi va interfeysi tasdiqlandi.
“O‘zaviatsiya” agentligi “Flight Inspection” axborot tizimi va “Raqamli hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish bo‘yicha Texnologik Yo‘riqnoma” ishlab chiqildi va “Raqamlim hukumat loyihalarini boshqarish markazi” bilan kelishildi.
IV. Xalqaro faoliyat
18 - 21 fevral kunlari IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori Nikolas Ralloning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad IKAO standartlarini O‘zbekiston qonunchiligiga tadbiq etish holatini o‘rganish hamda “Transport vazirligi va IKAO o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida Kelishuv” masalalarini muhokama qilish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish nazarda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va IKAO munosabatlarini keyingi bosqichga o‘tkazish maqsadida Hukumat a’zolari va bir qator vazirlik hamda aviatsiya tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, N. Rallo O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Xo‘jayev qabulida bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I. Maxkamov hamda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T. Nazarov ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida N. Rallo O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi
va O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligi ta’minlanishi yuqori darajada ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tashrif yakunida, N. Rallo joriy yilida O‘zbekistonda IKAOning “Fuqaro aviatsiyasining meteorologiya ta’minotida xalqaro standartlarni tadbiq etish” halqaro seminarini hamda Transport vazirligi va IKAO o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida Kelishuvni” amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhning O‘zbekistonda o‘tkazilishiga kelishib olindi.
2025 yil 12–14 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining topshirig‘iga muvofiq, Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari Ostona shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo va Xitoy (S5+1) fuqaro aviatsiyasi hamkorligi anjumani (MOXFAHA), shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarda ishtirok etdi.
MOXFAHA — Markaziy Osiyoning besh davlati (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) hamda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha mintaqaviy yoki ko‘p tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar uchun asosiy maydon hisoblanadi. Anjuman Xitoy Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan “Havo ipak yo‘li”ni birgalikda qurish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq har yili tashkil etilib kelinmoqda. Joriy yildagi tadbir ushbu formatda uchinchi bor o‘tkazilishi bilan ahamiyatlidir.
Anjumanning asosiy maqsadi — Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, havo qatnovlari geografiyasini yo‘lga qo‘yish, mintaqada aviatsiya bozorini liberallashtirish, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish va o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
2025 yil 25-26 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo gidrometeorologiyasi bo‘yicha Kengash yig‘ilishining 36-sessiyasida ishtirok etildi.
2025 yil 29 oktyabrda Microstep kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Aerodrom meteo uskunalaridan foydalanish” buyicha onlayn seminarda ishtrok etildi.
2025 yil 22-30 sentyabr kunlari Kanadaning Monreal shahriga “O‘zaviatsiya” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) Assambleyasining 42-sessiyasida ishtirok etdi.
Assambleyaning 42-sessiyasi ishida IKAOga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 2418 ta delegat, 59 ta kuzatuvchi xalqaro tashkilotlardan 472 ta delegat ishtirok etishdi.
IKAO Kengashiga keyingi uch yilga a’zo davlatlarni saylash jarayonida bevosita ishtirok etildi va quyidagi davlatlar saylandi.
Havo transportida yetakchi o‘rin tutuvchi davlatlar:
Avstraliya, Braziliya, Germaniya, Italiya , Kanada, Xitoy, Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya va Yaponiya.
Aeronavigatsiya vositalarini ta’minlashga eng katta hissa qo‘shadigan davlatlar:
Argentina, Kolumbiya, Daniya, Misr, Xindiston, Meksika, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Janubiy Afrika, Ispaniya va Shveysariya.
Dunyoning barcha yirik geografik mintaqalari vakillari:
Angola, Beliz, Kuba, Ekvador, Ekvatorial Gvineya, Malayziya, Mali, Marokash, Polsha, Qatar, Janubiy Koreya, Uganda, Birlashgan Arab Amirliklari va Urugvay.
V. IKAO talablariga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining malakasini oshirish
2025 yilning 3-14 fevral kunlari Fransiyaning Tuluza shahrida Fransiya Respublikasining Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) tomonidan “Davlatlarning Parvozlar xavfsizligi darajasi” (Safety at State Level) deb nomlangan o‘quv kursida “O‘zaviatsiya” agentligining bir nafar inspektor xodimi ishtirok etdi. Ushbu o‘quv kursining asosiy maqsadi parvozlar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini boshqarish hamda parvozlar xavfsizligiga aloqador xavflarini samarali baholash va ushbu xavflarini darajasini kamaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat. Mazkur o‘quv kursining yakunida barcha test chinovlardan muvofaqiyatli o‘tildi va xalqaro darajadagi sertifikat taqdim qilindi.
2025 yil 17-20 mart kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-Ota shahrida joylashgan IKAO mintaqaviy aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha fuqaro aviatsiya akademiyasida “Xavflarni boshqarish” masalalari bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu seminarda “O‘zaviatsiya” agentligining aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishidagi ikki nafar mutaxasisslarining ishtiroki ta’minlandi. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqdim qilindi.
2025-yilning 18 mart kuni Toshkent shahrida, “Uzbekistan Airways” “O‘quv-mashg‘ulot markazi” MCHJda “Boeing” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan “SMS Workshop” konferensiyasida “O‘zaviatsiya” agentligining bir nafar xodimi ishtirok etdi va kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga va yangi bilimlarga ega bo‘ldi.
2025-yilning 18-20 mart kunlari Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati Chimkent shahrida, “Qozog‘iston Respublikasida qidiruv va qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish” bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar tadbiri o‘tkazildi.
O‘quv-mashg‘ulotlar davomida Parvozlarini qidiruv-qutqaruv yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy ekspertlar fikrlari bilan almashish, shuningdek, ushbu sohada O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari orasida kelgusidagi hamkorlikni oshirish, shu jumladan chegara hududlarida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tkazish masalalarini muhokamasini o‘tkazish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining Parvozlarning qidiruv avariya-qutqaruv va yong‘in xavfsizligi ta’minoti nazorati bo‘limining boshlig‘ining ishtiroki taaminlandi.
2025-yilning 24-26 mart kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Yevropa ittifoqi (ECAC) tomonidan uyishtirilgan CASE II loyihasi doirasida “Milliy auditorlar malakasini oshirish” ikkinchi bosqich doirasida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Bunda “O‘zaviatsiya” agentligining aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishidagi bir nafar mutaxasisining ishtiroki ta’minlandi. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqim qilindi.
2025-yilning 15-17 aprel kunlari “O‘zavaiatsiya” agentligining 2025 yil uchun tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq, I. Nigmatullayev va K. Kasilovlar “To‘siqlarni boshqarish” mavzusidagi o‘quv kurslarida ishtirok etishdi. Mazkur o‘quv kursi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan tan olingan, Moskva shahrida joylashgan “NOCHU DPO US-Aviator” o‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqim qilindi.
2025-yilning 23 aprel kuni I. Nigmatullayev, M. Madaminov va A. Ubaydullayevlar Birlashgan Arab Amirliklari Fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan “Xavflar tahlilini baholash” mavzusidagi o‘quv kurslarida onlayn (bepul) shaklda ishtirok etishdi. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqim qilindi.
2025 yilning 27-28 may kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida Yevropa ittifoqi (ECAC) tomonidan CASE II loyihasi doirasida tashkillashtirilgan “Aviatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sifatni nazorat qilish” o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Bunda “O‘zaviatsiya” agentligining aviatsiya xavfsizligi bo‘lim boshlig‘i D. Lisenkoning ishtiroki ta’minlandi. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqim qilindi.
2025-yilning 2-23- iyun kunlari “Transport vazirligi va IKAO o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida Kelishuv” doirasida Amerika Qo‘shma shtatlarining Federal aviatsiya ma’muriyati (Federal Aviation Administration) tomonidan “O‘zavaiatsiya” agentligining ikki nafar xodimlari IKAO tomonidan tasdiqlangan fuqaro aviatsiyasi xodimlarini litsenziyalash yo‘nalishida xavfsizlik bo‘yicha hukumat inspektori (FAA 18710) onlayn o‘quv kurslarida ishtirok etishdi. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqdim qilindi.
2025 yilning 23 iyun – 7-iyul kunlari, “O‘zavaiatsiya” agentligining bir nafar xodimi Belarus Respublikasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan fuqaro aviatsiyasining rahbarlari, inspektorlar safi, shuningdek, aeroportlar va aviakompaniyalar uchun IKAO standartlari va amaliyotlari talablari asosida tashkillashtirilgan” “Parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv va yong‘in xavfsizligi ta’minoti boshlang‘ich o‘quv kurslarida ishtirok etdi. O‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat taqim qilindi.
2025 yil 13-21 avgust kunlari IKAO mintaqaviy aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridagi fuqaro aviatsiya akademiyasida “Milliy inspektor” o‘quv kursida ishtrok etildi hamda o‘tkazilgan o‘quv kurs xalqaro darajadagi sertifikat taqim qilindi.
2025 yil avgust kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining 9 nafar inspektor mutaxassislari “O‘quv-mashq” Markazida “Inson omili” o‘quv kursida ishtrok etildi hamda o‘tkazilgan o‘quv kurs xalqaro darajadagi sertifikat taqdim qilindi.
2025 yil avgust kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining 1 nafar inspektor mutaxassi “IKAOning parvozlar xavsizligini nazorati auditi” (USOAP CMA Phase 1) o‘nlayn o‘quv kursida ishtrok etildi hamda o‘tkazilgan o‘quv kurs xalqaro darajadagi sertifikat taqdim qilindi.
2025 yil avgust kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining 2 nafar inspektor mutaxassislari “Fuqaro aviatsiya soxasida test markazlari va o‘quv yurtlarini tekshirish bo‘yicha davlat inspektori kursi” o‘quv kursida ishtrok etildi hamda o‘tkazilgan o‘quv kurs xalqaro darajadagi sertifikat taqdim qilindi.
AHHBN bo‘limi boshlig‘i T.Nurmuxamedov va bosh mutaxassis inspektori K.Axmedovlar “Oversight and quality assuarance” nomli o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli sertifikatga ega bo‘ldilar.
“O‘zaviatsiya” agentligining inspektorlar tarkibining 2025-yilga mo‘ljallangan o‘quv dasturi rejasiga asosan AHHBN bo‘limi boshlig‘i T.Nurmuxamedov IKAOning “USOAP CMA Phase 2” nomli kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli sertifikatga ega bo‘lindi.
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan
ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida
MA’LUMOT
“O‘zaviatsiya” agentligining 2024-yilga mo‘ljallangan Tashkiliy tadbirlar rejasiga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirildi:
I. Parvozlar xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
-20 ta sertifikatsiya tekshiruvlari o‘tkazilgan, mazkur tekshiruvda 293 ta kamchiliklar aniqlanib ularni bartaraf etish yuzasidan tashkilot va korxonalarga inspektorlik taqdimnomalari kiritilgan.
- 71 ta inspeksiya va 7 ta kompleks tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlar jarayonida jami 336 ta kamchilik aniqlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va nazoratga olingan.
- xavo kemalarining texnik holatini baholash bo‘yicha 115 ta inspeksiya tekshiruvlari o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra 33 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, 97 ta parvozga yaroqlilik guvohnomasi, 22 ta shovqin bo‘yicha guvohnoma, 40 ta radiojixozlar bo‘yicha guvohnoma rasmiylashtirildi. Taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra 2 ta xorijiy texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tan olish to‘g‘risidagi guvohnoma berildi.
Aviakompaniyalarning muroajatlari bo‘yicha 214 ta texnik hujjatlarni (Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari, Texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomalar, Minimal uskunalar ro‘yxatlari, Yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanmalar, Texnik xizmat ko‘rsatish shartnomalari, Harakatlar rejalari) tasdiqlash va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar yakunlandi.
- Rejadan tashqari “Qo‘qon” aerodromida inspeksiya tekshiruvi o‘tkazildi, natijada ba’zi bir kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi. “Qo‘qon” aerodromi faoliyat olib borishi uchun “O‘zaviatsiya” agentligining 22 AD-“Qo‘qon” aerodromiga 1-yil muddatga (2025-yil 14-iyunga qadar) sertifikat taqdim qilindi.
- Rejadan tashqari “Mo‘ynoq” aerodromida inspeksiya tekshiruvi o‘tkazildi, natijada ba’zi bir kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi. “Mo‘ynoq” aerodromi faoliyat olib borishi uchun “O‘zaviatsiya” agentligining
21 AD-“Mo‘ynoq” aerodromiga 1-yil muddatga (2025-yil 30-aprelga qadar) sertifikat taqdim qilindi.
- Rejadan tashqari “Shaxrisabz” aerodromida inspeksiya tekshiruvi o‘tkazildi, natijada ba’zi bir kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi. “Shaxrisabz” aerodromi faoliyat olib borishi uchun “O‘zaviatsiya” agentligining 23 AD-“Shaxrisabz” aerodromiga 1-yil muddatga
(2025-yil 1-noyabrga qadar) sertifikat taqdim qilindi.
- Transport vazirligining tegishli topshirig‘iga asosan rejadan tashqari 7, 19, 21 va 22-iyun sanalarida ““Zomin”” aerodromida joyiga chiqqan xolda qurilish ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi;
O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi va uning xududiy bo‘linmalarining tegishli xatlar (10 ta so‘rovnoma)ga muvofiq fuqaro aviatsiyasida uchish xavfsizligi va parvozlarning muntazamligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ahvoli o‘rganish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining 30 nafar malakali mutaxassislari jalb qilingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra umumiy hisobda 119 ta kamchiliklar aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib prokuratura xodimlariga taqdim qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“ “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga muvofiq “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ 24-sonli, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari”AJ 25-sonli, “Tashkent cotton textile cluster” MCHJ 26-sonli, “INDORAMA AGRO” XK MCHJ 27-sonli “O‘zbekgidroenergo” AJ 28-sonli “MERGANTEKS”ga 29-sonli Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosalar taqdim qilingan.
Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan xamkorlikda uchuvchisiz uchish apparatlaridan noqonuniy foydalanish va saqlash yuzasidan tegishli ekspertiza xulosalar o‘tqazildi va natijada 1 ta o‘yinchoq model aniqlanib 46 ta uchuvchisiz uchish apparatlari aniqlandi.
Xorijiy ijodiy guruxlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xududida uchuvchisiz uchish aparatlaridan vaxtincha foydalanishga ruxsat olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 55 ta murojaati “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ko‘rib chiqildi va tegishli ruxsatnomalar berildi.
Parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida jumladan Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Termiz va Qarshi xalqaro aeroportlarida o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mazkur o‘quv-mashg‘ulatlarda Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati (YAAQQX) tarkibiga kiruvchi tashkilotlar qatnashib, umumiy hisobda jami 54 ta maxsus texnika (YAAQQXga kiruvchi yong‘in o‘chirish avtomobillari va tez tibbiy yordam texnikalar) va 203 ta shaxsiy tarkib ishtirok etishdi. O‘quv-mashg‘ulotlar natijalari bo‘yicha aeroportlarning va shaxsiy tarkibning tayorgarlik darajasiga ijobiy baho berildi.
- Hisobot davrida Fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlariga (uchuvchilar tarkibi, HHB dispetcherlari, muhandis-texnik tarkib
va xizmat ko‘rsatuvchilar) 98 ta guvohnomalar, 698 ta malaka belgi va toifalar, 164 nafar aviaxodimlarning guvohnomalariga ingliz tili/SPL/ATPL qo‘shimcha varaqalari berildi, 53 ta guvohnomalar yangisiga almashtirildi va 755 ta guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirildi;
- Fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun yanvar-noyabr oylari davomida “O‘zaviasiya” agentligining rasmiy veb sayti orqali (www.uzcaa.uz) umumiy hisobda 8 164 ta so‘rovnoma kelib tushgan va 7 943 ta tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.
- Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish masalasida yangi qurilayotgan obyektlarning balandliklari o‘rnatilgan tartibda kelishildi va 2 950 ta obyektga umumiy hisobda 133 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilgan.
- IKAO standartiga muvofiq fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy davlatlar ekspluatantlarining havo kemalarida 47 ta perrondagi inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilgan (“Zagros”, “Loong Air”, “Batik”, “Aeroflot”, “UVT Aero”, “Maleth”, “IndGo”, “Air Arabia Abu Dhabi”, “Pobeda”, “FlyOne”, “Azal”, “Azimuth”, “China Southern”, “Fly Dubai”, “FlyNas”, “Jazeera”, “Air Astana”, “Ural Airlines”, “Fly Dubai”, “Turkish Airlines”, “Ut Air”, “Wizz Air Abu Dhabi”, “Kam Air”, “Turkish Airlines”, “Qeshm Air”, “Red Wings”,“Aerologic”, “Belavia”,“Nile Air”, “Asiana Airlines”, “Somon Air”, va “S7 Airlines - brend aviakompanii Sibir”, “Southwind”, “Air Arabia Sharjah”, “Air Cairo” “Icelandair” va “Ut Air”) tekshiruvlar jarayonida 15 ta kamchiliklar aniqlandi.
- O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirishlari uchun 27 ta xorijiy aviakompaniyalarning arizalariga asosan, muntazam aviaqotnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 6 ta Ekspluatatsion ruxsatnoma rasmiylashtirildi. Bugungi kunda 63 ta xorijiy aviakompaniyalarning ekspulatatsion ruxsatnomalariga 484 ta yangi havo kemalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-iyundagi “Yangi O‘zbekiston ko‘chasi yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–301-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31 – iyuldagi 476-41-sonli maxsus qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent shahar Yangi O‘zbekiston ko‘chasida K-1 ochiq kollektor tarmog‘ini ko‘chirish ishlari obyekti” bo‘yicha ishlab chiqilgan obyektning bosh rejasi ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ushbu Qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar taqdim qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktyabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 611-son qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablariga muvofiq joriy yilning 1-aprel (24-nafar) va 25-noyabr (6-nafar) kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining inspektorlar tarkibi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tishdi.
II. Soha faoliyatida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-sonli Qarorining 4-ilovasini bajarish yuzasidan 8 ta xizmat turlarining Pasport loyihalari ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiya sohasida ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi (ID - 94859) tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishinldi.
Ishlab chiqilgan pasportlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha (ID - 92478) (V-1) hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktyabrdagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 679-son Qarori tasdiqlandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 762-son “Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat ro‘yxatiga olish qoidalarini (O‘zR AQ–46) tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruq loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha www.loyiha.adliya.uz tizimida tegishli idora va taashkilotlar bilan kelishildi va O‘zbekiston Respublikaasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga kiritildi. 2024-yil 19-dekabrdagi 1452-3-son ro‘yhat raqami bilan Adliya vazirlidan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
3. Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO)ni standartlarini tadbiq qilish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini ta’minlash milliy Dasturi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida hujjat loyihasi ishlab chiqildi va Transport vazirligi tomonidan 2024-yil 13-mart 3/1968-son xati orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qiritildi. Bugungi kunda “O‘zaviatsiya” agentligining vakillari Vazirlar Mahkamasida ushbu loyihaning muxokamasida ishtirok etishmoqda.
4. “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirishni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida hujjat loyihasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga bilan qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishish maqsadida Transport vazirligining 2024-yil 13-mart 3/1969-son xati yuborilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ko‘rib chiqilgan va e’tirozsiz kelishilgan va Transport vazirligiga 2024-yil 24-may 6/1-2628-son xati yuborilgan. Bugungi kunda “O‘zaviatsiya” agentligining vakillari Vazirlar Mahkamasida ushbu loyihaning muxokamasida ishtirok etishmoqda.
5. 2010-yil 10-sentyabrda Pekinda qabul qilingan Havo kemalarining qonunga xilof tarzda bosib olinishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyani to‘ldiruvchi Bayonnomaga muvofiq xamda “O‘zaviatsiya” agentligining 2024-yil 28-martdagi “Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 47-sonli Buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi ishlab chiqildi va bugungi kunda ushbu loyihani umumhalq muhokamasi va idoraviy kelishuvdan o‘tkazish maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi” (project.gov.uz) elektron tizimiga kiritildi.
6. (O‘zR AQ-67) “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida tibbiy xulosa berish to‘g‘risidagi aviatsiya qoidalari” (ID-71935) yangi tahrirdagi loyihasi va (O‘zR AQ-68) “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida tibbiy komissiya a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi aviatsiya qoidalari”ning yangi tahrirdagi loyihasi (ID-74894) Transport vazirligi bilan qayta ko‘rib chiqildi va (project.gov.uz) tizimi orqali tegishli idora va tashkilotlar bilan to‘liq kelishildi. Transport vazirligining tegishli xatlariga asosan loyihalar Adliya vazirligiga kiritilgan. Adliya vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 10-21/12-6/6718-son xatida (O‘zR AQ-68) yuzasidan va 2024-yil 8-maydagi 10-21/12-6/7829-son xatida (O‘zR AQ-67) yuzasidan o‘z taklif va e’tirozlarni bildirib qayta ishlash uchun Transport vazirligiga yuborilgan. Bugungi kunda Transport vazirligi kelishmovchilik jadvalini ishlab chiqib qayta huquqiy ekspertizadan o‘tkazmoqda.
7. “O‘zaviatsiya” agentligining 2024-yil 28-martdagi “Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 47-son buyrug‘iga muvofiq, “2010-yil 10-sentyabrda Pekinda qabul qilingan Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasiyaga” qo‘shilish bo‘yicha “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun loyihasi ishlab chiqildi va 2024-yil 28-may 01-39/8-1898-son xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga kiritildi.
III. Soha faoliyatini raqamlashtirish.
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2024 yil uchun “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi faoliyatida 2024-yilga raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha” tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Transport vazirligining 2023-yil 16-oktyabrdagi “Xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 177-son buyrug‘iga muvofiq “Bir martalik ruxsatnomalar” axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Parvozlarning uchib kelgan/uchib ketgan vaqtlarini aniq belgilash maqsadida “Bir martalik ruxsatnomalar” axborot tizimini aeroportning “AODB” ma’lumotlar tizimi bilan integratsiyasi bo‘yicha ishlar muvofaqiyatli yakunlandi.
IV. Xalqaro faoliyat
IKAO standartlarini O‘zbekiston qonunchiligiga tadbiq etishda xamroklikni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish maqsadida IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori Nikolas Rallo va IKAOning Bosh qarorgohi Aeronavigatsiya byurosi boshlig‘i Marko Merensning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi joriy yilning 30-yanvar 2-fevral kunlari amalga oshirildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va IKAO munosabatlarini keyingi bosqichga o‘tkazish uchun rasman asos yaratish hamda beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida kelishuv” imzolandi.
2024-yil 18-iyun kuni Parij shahrida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024-2026 yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar rejasinining amalga oshirilishi bo‘yicha Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish doirasida IKAO va “O‘zaviatsiya” agenligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024-2026-yillar uchun mo‘ljallangan davlat strategik harakatlar Rejasi imzolandi.
Rejaning amalga oshirilishi Fransiya aviatsiya ma’muriyati (DGCA), Fransiyaning aviatsiya xodisalarini tekshirish va parvozlar xavfsizligini tahlil qilish Byurosi (BEA), AQSH aviatsiya ma’muriyati (FAA), AQSHning transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha milliy kengashi (NTSB) hamda ACI/ACI-EUROPE, IATA, Airbus, Boeing va Jahon Banki kabi xamkorlar bilan xamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi IKAOga a’zo davlatlar ichida COSPA dasturidan foydalanayotgan birinchi davlat hisoblanadi.
10-12-sentyabr kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) hamkorligida Samarqand shahrida “Xalqaro aviatsiya uchun uglerod emissiyalarini qisqartirish va kompensatsiyalash tizimini (CORSIA) joriy etish”ga bag‘ishlangan xalqaro darajadagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro tadbirda “O‘zaviatsiya” agentligi vakillari, IKAO mutaxassislari va dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan kelgan ekspertlar, shuningdek, Airbus, Boeing, GTL Uzbekistan, “Uzbekistan Airports”, “Uzbekistan Airways”, “Qanot Sharq”, “Samarqand Airways”, “Azerbaijan Airlines”, “Tassili Airlines”, “Silk Way West Airlines” va “QAZAQ AIR JSC” kabi yirik aviakompaniyalar va havo kemalari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etishdi.
“ICAO EUR/NAT Environment 2024” seminarida CORSIAni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, aviatsiya sanoatidagi ekologik jihatlar, shuningdek, o‘quv dasturlari muhokama qilindi. Aviatsiyada uglerod chiqindilarining atmosferaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tashabbuslar va amaliy qadamlar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir kelajakda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan aviakompaniyalarning uglerod chiqindilarining atmosferaga ta’sirini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining CORSIA doirasidagi hisobotlari muvaffaqiyatli ravishda CCR platformasiga yuklandi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning IKAO talablariga mos keluvchi ekologik siyosati va hisobot tizimini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
18-22-noyabr kunlari AQSH Transport xavfsizligi boshqarmasi (TSA) tomonidan I.Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJdan Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida “Uzbekistan Airways” AJning parvozlarida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini rejalashtirilgan yillik inspeksiya tekshiruvi tadbiri o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari umumiy xisobda ijobiy baholandi va TSA jamoasi tomonidan bir qancha takliflar Aeroport ma’muriyatiga taqdim qilindi.
V. IKAO talablariga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining malakasini oshirish
25-mart 9-aprel kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining aeronavigatsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi IKAO standartlari talabi bo‘yicha “Hududiy navigatsiya mezonlariga asosan uskunalar bo‘yicha parvozlar chizmalarini loyihalashtirish” bo‘yicha (PANS-OPS RNAV) o‘quv kursining birinchi bosiqichi hamda may oyida ikkinchi amaliyot bosqichini bosqichinini Ozarbayjonda tamomlab, o‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi.
1-5-aprel kunlari “Airbus” kompaniyasi tomonidan «O‘zaviatsiya» agentligida “Texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish (SMP) va sifat nazorati (RCP)” bo‘yicha seminar tashkillashtirildi. Mazkur seminarda «O‘zaviatsiya» agentligidan 6 nafar, Transport vazirligidan 2 nafar va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi korxonalaridan 28 nafar xodimlar (“Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airways Technıcs”, “Qanot Sharq”, “My Freighter”, “Sam Air”) ishtirok etishdi.
Seminardan kutilgan asosiy natija O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi mutaxassislarining Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish va uning sifat nazoratini oshirish bo‘yicha nazariy bilimlari darajasini oshirish ko‘zda tutilgan.
Seminarga “Airbus” kompaniyasidan 8 nafar etakchi xorijiy mutaxassislar (Franchesko Meloni, Chadi al-Chamati, Aleksandr Dreve, Fransisko Servantes, Vinsent Tategrain, Jan Fransuaza Burchanin, Kiril Montoya, Aleksandr Egorov) jalb qilingan.
14-16-may kunlari “O‘quv mashg‘ulot markazi” MCHJ binosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan SASE II loyihasi bilan xamkorlikda “Xavfsizlik uskunalarini tekshirishni o‘rgatish” o‘quv kursi tashkillashtirildi. Ushbu o‘quv kursini Fransiya va Qozog‘istondan IKAO ning etuk mutaxasislari jalb qilinib 12 nafar aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha xodimlariga amaliy va nazariy bilimlar bilan bo‘lishtilar. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligiga hisobotlar yuborildi.
17-19-iyun kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi tashabbusi bilan IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi va Davlatlararo aviatsiya Qo‘mitasi bilan xamkorlikda ilk marotaba Toshkent shahrida aerodromlarda parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni tashkil etishda hamkorlikni kengaytirish va ushbu sohada jaxon tajribasini chuqurroq o‘rganish maksadida “Aerodromlardan foydalanish va xavfsizligini nazorat qilish” bo‘yicha xalqaro seminar yuqori saviyada tashkillashtirildi va o‘tkazildi.
Ushbu xalqaro seminarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon delegatsiyalari “O‘zavatsiya” agentligi va “Uzbekistan Airports” AJ vakilliri umumiy xisobda 35 ga yaqin mutaxassislar tinglovchi sifatida ishtirok etishdi. Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi, Davlatlararo aviatsiya Qo‘mitasi xamda “Airbus” konsernidan 4 nafar yetakchi xorijiy mutaxassislar o‘z taqdimotlari bilan chiqish qildilar.
“Yangi Istanbul” aeroportining 4 nafar yetakchi mutaxassislar keng qamrovli taqdimot o‘tkazib, Istanbulda yangi aeroport qurilishi va ochilish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, innovatsion usullardan foydalangan holda uchish-qo‘nish yo‘lagining qoplamasi mustahkamligini aniqlash usullari haqida ma’lumot berdilar. Seminar yakunida barcha tinglovchilarga IKAO tomonidan xalqaro sertifikatlar taqdim qilindi.
10-13-iyul kunlari IKAO mintaqaviy aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha Moskvadagi o‘quv markazining taklifiga muvofiq, “O‘zaviatsiya” agentligining ikki nafar xodimi tomonidan IKAOga a’zo davlatlarning “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilovasidagi standartlar va tavsiya etilgan amaliyotlarni joriy etishning asosiy jihatlari mavzusida, “Aviatsiya xavfsizligi-2024” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi. Konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi vakillari qatnashishdi. Konferensiyasida IKAOning “Aviatsiya xavfsizligi” 17-ilovasining standartlari va tavsiya etilgan amaliyotini amalga oshirish doirasida, hamda IKAOga a’zo davlatlarning orasida aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi .
“Aviatsiya xavfsizligi-2024” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yig‘ilishi yakunida tinglovchilarga “Aviatsiya xavfsizligi xizmatiga 50-yil” va “Xalqaro terrorizmga qarshi kurashishdagi xizmatlari uchun” esdalik medallari va sertifikatlar topshirildi.
20-29-avgust kunlari “O‘zaviatsiya” agentligining bir nafar xodimi Janubiy Koreyaning “Inchxon” xalqaro aeroporti aviatsiya akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan va grant asosida taqdim qilingan “Aerodromlar inspeksiyasi” o‘quv kursida ishtirok etdi. O‘quv kursi doirasida talabalar tomonidan berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirilish natijadorligini aniqlash belgilgan dasturini amalga oshirish maqsadida bilimni baholandi. Ushbu o‘quv kursida 15 mamlakatidan vakillar ishtirok yetishdi. O‘quv kursi yakunida sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxasislarga Inchxon aeroporti aviatsiya akademiyasi (IAAA) tomonidan sertifikat taqdim qilindi.
28-31 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shaxridagi O‘quv - mashg‘ulot markazida IKAOning aviatsiya xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha “Xavf va tahdidlarni boshqarish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminarda “O‘zaviatsiya” agentligidan ikki nafar mutahasislar ishtirok etishdi.
26-29-noyabr kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi bazasida agentlik, aeroport hamda aviakompaniya vakillari ishtirokida jami 16 tinglovchi uchun Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlariga “Insayder xavflarni boshqarish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv kursi tashkillashtirildi. Ushbu o‘quv kursida amaliy va nazariy bilimlardan tashqari va jaxon tajribasini o‘z ichiga olgan materiallar tinglovchilarga taqdim qilindi. O‘quv kursini yakuni bo‘yicha barcha tinglovchilarga tegishli sertifikatlar taqdim qilindi.
Uchbu o‘quv kursi Yevropa fuqaro aviatsiyasi konferensiyasining (ECAC) 2024-yil 19-sentyabrdagi CASE II /2024-0767-sonli xatida ko‘rsatilgan “Insayder xavflarni boshqarish” mavzusida o‘quv kursini o‘tkazish to‘g‘risida taklifiga muvofiq amalga oshirildi.
VI. Hududlarga chiqish va sayyor qabullar o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat orginlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarining hududlarga xizmat safarlarini tizimli tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 11-maydagi 275/30-son qaroriga asosan “O‘zaviatsiya” agentligi direktori va direktor o‘rinbosarining hududlarga chiqish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi tashriflar amalga oshirilgin:
- “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T. Nazarov 2024-yilning may – dekabr oylarida Andijon viloyati (Z.M.Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti” MCHJ), Namangan viloyati (“Namangan xalqaro aeroporti” MCHJ), Jizzax viloyati (“Zomin” aeroporti), Qashqadariyo viloyati (“Qarshi xalqaro aeroporti” MCHJ), Surxandariyo viloyati (“Termez xalqaro aeroporti”MCHJ), Samarqand viloyati (“Samarqand xalqaro aeroporti”MCHJ), Buxoro viloyati (“Buxoro xalqaro aeroporti”MCHJ), Farg‘ona viloyati (“Farg‘ona xalqaro aeroporti”MCHJ) hamda Toshkent shahrida (“Uzbekistan Airways” AJ, “Qanot Sharq” MCHJ, “My Freighter” MCHJ, Uchuvchilar xizmati departamenti, “O‘quv-mashg‘ulotlar markazi” MCHJ, “O‘zaeronavigatsiya”markazi DUK);
- “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining o‘rinbosari O. Lim 2024-yilning may – dekabr oylarida Toshkent shahri (“Uzbekistan Helecopters” MCHJ, “Uzbekistan Airways Techniks” MCHJ, “Panorama Airways” MCHJ, “Fly Khiva”MCHJ), Toshkent viloyati (“Dostupnoye nebo” MCHJ) Qoraqalpog‘iston Respublikasi (“Nukus xalqaro aeroporti” MCHJ), Xorazm viloyati (“Urganch xaqaro aeroporti” MCHJ).
Tashrif davomida “O‘zaviatsiya” agentligi rahbarlari tomonidan soha tashkilotlarida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) talablariga muvofiqligini o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi. O‘rganish davomida soha tashkilotlarida parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavsizligi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, soha tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan sohadagi muammolar, dolzarb masalalar va shahsiy muammolar muhokamasi bo‘yicha sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha soha tashkilotlari rahbarlari va xodimlari ishtirokida yig‘ilish (brifing) o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari Respublika fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
VII. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash
Mazkur Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida hisobot davrida fuqarolardan kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.
Tahlil davomida 2024-yil yanvar-dekabr oylarida “O‘zaviatsiya” agentligiga jami 97 ta murojaat kelib tushgan, bulardan 75 ta jismoniy shahslardan va 22 ta yuridik shahslardan kelib tushgan.
O‘tkazilgan tahlilar natijasida, quyidagilar aniqlandi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning virtual qabulxonasi www.pm.gov.uz web-sayti orqali (Prezidentga murojaat) – 62 ta;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan - 14 ta;
- “O‘zaviatsiya” agentligi elektron pochtasi orqali – 17 ta;
- “O‘zaviatsiya” agentligiga bevosita kelib yozilgan murojaat – 4 ta.
Tahlillar natijasiga asosan murojaatlarning aksariyati aviakompaniyalar faoliyati bilan bog‘liq masalalar (chipta mablag‘larini qaytarish, parvoz bekor qilinishi, bagajni yo‘qotish, aviakompaniya xodimlarining xatti xarakati) hamda O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi va boshqa ma’lumotlar berish masalalari ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi murojaatlar “Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o‘rnatilgan muddatlarda ko‘rib chiqilgan. Bugungi kunda ko‘rib chiqilmagan va ijro holati bajarilmagan murojaatlar mavjud emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktyabrdagi 366-son qarori talablarini bajarish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun har kuni soat 8.00 dan 11.00 gacha shaxsiy qabul tashkillashtirilgan.
ICAO auditi natijalariga ko‘ra barcha (8 ta) yo‘nalishlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar va DASH BOARD da O‘zbekistonning bugungi xolati yuzasidan ma’lumotlar.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) o‘rtasidagi anglashuv Memorandumining 25 va 29-bandlariga muvofiq, parvozlar xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etishni tekshirish bo‘yicha Universal dastur doirasida IKAO auditining natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining Buyrug‘i tasdiqlangan.
LEG – umumiy savollarning soni 23 ta, shulardan 20 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 2 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 1 ta.
ORG – umumiy savollarning soni 13 ta, shulardan 9 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 2 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 1 ta.
PEL – umumiy savollarning soni 93 ta, shulardan 61 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 29 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 3 ta.
OPS – umumiy savollarning soni 126 ta, shulardan 89 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 27 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 9 ta.
AIR – umumiy savollarning soni 186 ta, shulardan 101 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 4 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 81 ta.
AIG – umumiy savollarning soni 84 ta, shulardan 41 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 42 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 1 ta.
ANS – umumiy savollarning soni 122 ta, shulardan 104 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 15 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 2 ta.
AGA – umumiy savollarning soni 143 ta, shulardan 95 ta savollar to‘liq yopilgan. ochiq qogan sovollar soni 37 ta va tatbiq qilinmaydigan savollar soni 14 ta.
