Dronlar - UUA
- Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida toʼgʼrisida”gi 2022 yil 15 noyabrdagi 658-son qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari (8802200001, 8802200002, 8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodlari) ularni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligining «Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi, «Chorvoq» erkin turistik zonasi direktsiyasi, YuNESKO ishlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va foydalanish holatlari bundan mustasno.
- Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tegishli vazirliklar, idoralar va xoʼjalik subʼektlariga uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin.
- Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining bunday ruxsati mavjud boʼlgan taqdirda, ariza beruvchi UUАlar bilan jihozlangan radioelektron vositalardan foydalanish uchun vakolatli organdan (Mininfokom) belgilangan tartibda ruxsat olishi shart.
- Yuqorida koʼrsatilgan barcha ruxsatnomalar mavjud boʼlgan taqdirda, ariza beruvchi UUАni roʼyxatdan oʼtkazish va undan foydalanishga ruxsat olish uchun “Oʼzaviattsiya” agentligiga ariza berishi shart.
- UUАni ruyxatdan oʼtkazib, undan foydalanishga ruxsat olgandan soʼng, arizachi Oʼzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruxsatnomaga ega boʼlsa, UUАni boshqarishni boshlashi mumkin.
- Ushbu talablar Havo kemalari modellari va Havo kemalarining oʼyinchoq modellariga taalluqli emas.
- Havo kemalarining oʼyinchoq modellaridan yuqoridagi tartib-qoidalar va havo boʼshligʼiga ruxsatnomalarsiz foydalanish mumkin. Havo kemalarining oʼyinchoq modellarining parvozlari 50 metrgacha balandlikda, aerodromga yaqinlashish yoʼlaklaridan 150 metrdan yaqin boʼlmagan masofada, odamlardan xavfsiz masofada va havo kemasi bilan vizual aloqada boʼlgan holda amalga oshiriladi.
- Mashgʼulotlar, sport, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʼtkazish, texnik ijodkorlikni rivojlantirish uchun moʼljallangan havo kemalari maketlarining (Havo kemalari modellarining) parvozlari Oʼzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq faqat havo kemalarining maxsus parvoz zonalarida amalga oshiriladi.
- Chet ellik sayyohlar tomonidan talabning ortishi bilan bogʼliq va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va kirish turizmini rivojlantirish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni tartibga solishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 658-son qaroriga muvofiq, respublikaning turizm salohiyati toʼgʼrisida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni Oʼzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma Oʼzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.
- Oʼzbekiston hududida uchuvchisiz uchuvchisiz uchish apparatlari ruxsatnomalarni berishning bunday soddalashtirilgan tartibi xorijiy fuqaroning Oʼzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga yoki “Oʼzaviatsiya” agentligining elektron platformasi orqali vaqtincha olib kirish va undan foydalanishga ruxsat olish uchun rasmiy ariza bilan murojaat etishini nazarda tutadi. Bugungi kunda “Xorijiy ijodiy kompaniyalar tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlarini Respublika hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun vazirlik va idoralarning arizalarini topshirish va muvofiqlashtirish uchun Yagona idoralararo elektron platforma” Аxborot tizimi test rejimida ishlamoqda va tizim imkoniyatlari bilan tanishish uchun moʼljallangan.
Ushbu faoliyat turini tartibga solish boʼyicha batafsil maʼlumotlarni "Oʼzaviatsiya" agentligining masʼul mutaxassislaridan olishingiz mumkin.
Aloqa uchun maʼlumotlar:
tel.: (78) 120-00-78
r.khudaykulov@uzcaa.uz
