Parvozlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha Davlat strategik harakatlar rejasi Kengashining ikkinchi yig‘ilishi
2025-05-21 13:00:00 / Yangiliklar
Bugun “Transport vazirligi va IKAO o‘rtasida boshqaruv xizmati to‘g‘risida Kelishuv”ni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini taʼminlashni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Davlat strategik harakatlar rejasi Kengashining ikkinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Ushbu rejaga muvofik - O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan beg‘araz ko‘rsatiladigan maxsus yangi loyiha bo‘lib, mamlakatimizning milliy rivojlanish strategiyasiga mos ravishda ishlab chiqilgan va aviatsiya bilan bog‘liq maqsadlarga erishishga hissa qo‘shishga qaratilgan. Loyihada parvozlar xavfsizligi va samaradorligini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarga eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari O‘zbekistonning mintaqada yetakchi davlatlardan biri ekanligini inobatga olib aviatsiya hamjamiyatidagi global mavqeini oshirishga yordam berish maqsad qilingan.
Yig‘ilishda IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosi direktori va xodimlari, Fransiyaning aviatsiya maʼmuriyati (DGCA) va Aviatsiya hodisalarini tekshirish Byurosi (BEA), Yevropa aeroportlar assotsiatsiyasi (ACI/ACI-EUROPE), Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA), Airbus, Boeing, Jahon Banki, Transport vazirligi ,“O‘zaviatsiya” agentligi va O‘zbekistonning fuqaro aviatsiyasi tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.




