“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 1999-yilda bunyod etilgan “Xotira va qadrlash” maydonida o‘rnatilgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.
2026-05-07 22:00:00 / Yangiliklar
Tadbir davomida Vatan ozodligi va yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi. Ishtirokchilar tomonidan ularning jasorati va matonati oldida bosh egilib, yorqin xotiralari e’zozlandi.

Shuningdek, soha vakillari bugungi tinch va osuda hayotimiz uchun fidokorona mehnat qilgan faxriylar hamda keksa avlod namoyandalariga alohida hurmat bajo keltirdilar. Ularning yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etilib, minnatdorlik izhor qilindi.
Mazkur sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar jamiyatda milliy qadriyatlar, tarixiy xotira va avlodlar davomiyligini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
“O‘zaviatsiya” agentligi jamoasi kelgusida ham ajdodlarimizning muqaddas xotirasini e’zozlash, ularning ibratli hayot yo‘lini keng targ‘ib etish yo‘lida izchil ishlarni davom ettiradi.
