“O’zaviatsiya” agentligi xodimlari umumxalq hasharida faol ishtirok etdi
2026-03-14 17:35:00 / Yangiliklar
Navro’z bayrami arafasida, 14-mart kuni, “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o’tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida “O’zaviatsiya” agentligi xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasida ekologik muvozanatni saqlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholining atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Hashar davomida agentlik xodimlari tomonidan manzarali daraxt ko’chatlari ekildi, shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.
Agentlik rahbariyati mazkur hasharda ishtirok etish orqali yashil makonlarni ko’paytirish va sog’lom muhit yaratish yo’lidagi umumxalq harakatlarini qo’llab-quvvatlashda o’z hissasini qo’shishni maqsad qilganini ta’kidladi.
Yashil makonlar sonini ko’paytirish, toza va sog’lom muhit yaratish — har birimizning burchimiz!




