8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
2026-03-06 13:40:00 / Yangiliklar
“O‘zaviatsiya” agentligi jamoasi nomidan barcha ayol-qizlarni bahor bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va doimiy bahoriy kayfiyat tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun minnatdorlik bildiramiz.
Har doim e’tibor va ehtiromda bo‘ling, yuragingizda mehr, hayotingizda quvonch va muvaffaqiyatlar ko‘p bo‘lsin.
Hurmat bilan,
“O‘zaviatsiya” agentligi jamoasi.

