“O‘zaviatsiya” agentligida murojaatlarni qabul qilish Call-markazi ishga tushirildi
2026-02-01 17:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-oktyabrdagi “Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida yoʻlovchilardan taklif va eʼtirozlarni qabul qilish hamda yoʻlovchi aviaqatnovlarida sodir boʻlgan aviatsiya hodisalari va insidentlar bilan tanishtirish va izoh berish uchun “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2026-yil 1-fevraldan boshlab Call-markaz ishga tushirildi.
Call-markaz dam olish kunlarisiz 24/7 rejimida +998-71-200-07-65 telefon raqami orqali mavjud.

